Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosmik faoliyatni tartibga soluvchi qonun qabul qilindi
Kosmik faoliyatni amalga oshirishning asosiy maqsadlaridan biri O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini mustahkamlashga ko‘maklashish ekani belgilandi.
«Kosmik faoliyat to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Qonun kosmik faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Kosmik faoliyatni amalga oshirishning asosiy maqsadlaridan biri O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini mustahkamlashga ko‘maklashish hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi kosmik faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi kosmik faoliyat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Mudofaa vazirligi mamlakat mudofaasi va xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlagan holda, kosmik faoliyat imkoniyatlaridan foydalanadi, shuningdek harbiy kosmik texnologiyalarni yaratish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
Quyidagilar kosmik tizimlarning turlari jumlasiga kiradi:
- Yerni masofadan zondlash;
- kosmik monitoring;
- davlat kosmik monitoringi;
- kosmik aloqa tizimi;
- yuqori aniqlikdagi sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi;
- kosmik tizimlarning ilmiy, iqtisodiy, ekologiyaga, axborotga va tijoratga oid maqsadlarda, shuningdek O‘zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq yaratilgan boshqa turlari.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
15:05 / 17.12.2025
Germaniya: yangi dengiz vertolyoti suvosti kemalariga qarshi kurashni kuchaytiradi
07:24 / 11.12.2025
Vertolyotlar eksporti: bozordagi asosiy o‘yinchilar kimlar?
13:49 / 27.11.2025
Yevropa kosmik agentligi ilk bor mudofaa sohasi bilan shug‘ullanadi
15:01 / 21.11.2025