O‘zbekiston | 14:39 / 17.01.2025
1596
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston shaharlaridan biri va Mumbay o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatiladi

O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning Maharashtra shtati gubernatori Chandrapuram Radhakrishnan bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Uchrashuvda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik, jumladan, hududlararo sheriklik aloqalari ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi, istiqbolli qo‘shma loyihalarni hayotga tadbiq etish imkoniyatlari o‘rganildi.

Tadbirda savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, turizm, madaniyat, ilm-fan, ta’lim va boshqa sohalardagi sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston shaharlaridan biri va Maharashtra shtati ma’muriy markazi - Mumbay shahri o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatishga oid takliflar ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid