Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Misr Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Misr elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammad bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, shuningdek, O‘zbekiston va Misrning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllarda kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi haqida fikr almashdilar.
Elchi Toshkentning Afg‘oniston bo‘yicha yagona mintaqaviy pozitsiyasini rivojlantirish va mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Mavzuga oid
15:28 / 03.02.2026
Rafah o‘tkazish punkti qayta ochildi: ilk safar qiluvchilar o‘tdi
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026