Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘rt hududda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Jizzax viloyatining Yangiobod, Toshkent viloyatining Zangiota, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Toshkent shahrining Uchtepa tumanida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, “A.S.” MChJ mas’ul shaxslari Yangiobod tumani, Mustaqillik ko‘chasidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida gaz tarmog‘iga gaz hisoblagichdan tashqari ulangan. Natijada jami 192,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, Zangiota tumanida fuqarolar M.O. va M.X. yashash xonadonlarida past bosimli umumiy foydalanishdagi gaz quvuriga yashirincha shlang yordamida ulangan. Oqibatda jami 151,7 so‘mlik tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanilgan.

Shu bilan birga, Beruniy tumanida fuqaro Yu.N. yashash xonadonida gaz tarmog‘iga shlang yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, jami 126,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Bundan tashqari, Uchtepa tumanida fuqaro R.N. o‘ziga tegishli turar joy binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan. So‘ng jami 111,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:16 / 19.06.2026
Qaysi davlatlar energiyani iste’mol qilganidan ko‘proq ishlab chiqaradi?
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
21:33 / 25.04.2026
Smartfonda energiya tejash rejimini qachon yoqish kerak?
11:44 / 23.04.2026