Qozog‘iston O‘zbekistonga kartoshka eksportini 6 oyga to‘xtatdi
Qozog‘iston hukumati ichki bozorida kartoshka narxi keskin oshib ketgani tufayli uning eksportini cheklashga qaror qildi. Taqiq YeOIIga a’zo davlatlarga taalluqli emas.

Foto: inbusiness.kz
Qozog‘istonning bir qator viloyatlarida kartoshka narxi keskin oshib ketgani tufayli hukumat ushbu mahsulotning uchinchi davlatga eksportini olti oyga cheklashga qaror qildi, deb xabar beradi Kazinform.
Qozog‘iston hukumati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bosh vazir ko‘rsatmasiga binoan Qishloq xo‘jaligi, Savdo va integratsiya vazirliklariga mamlakatdagi kartoshka bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni muntazam monitoring qilish topshirilgan.
«Qo‘shni davlatlarda, ayniqsa, O‘zbekistonda talab ortgani va eksport narxlarining yuqoriligi tufayli joriy yilda kartoshka eksporti 1,5 barobarga oshib, 411 ming tonnadan 605 ming tonnaga yetdi. Bu kabi talab ajiotaji ichki bozorga ta’sir ko‘rsatdi. Oxirgi haftada eksport bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida narxlarning keskin o‘sishi qayd etildi (170 dan 270 tengegacha)», — deyiladi hukumat xabarida.
Ichki bozorda kartoshka narxini barqarorlashtirish uchun Savdo faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishida kartoshkani uchinchi davlatga olib chiqilishini 6 oy muddatga cheklash bo‘yicha qaror qabul qilingan.
«Mazkur chora YeOII davlatlariga taalluqli emas, ammo ushbu yo‘nalishdagi eksport nazorat ostida bo‘ladi. Shu bilan birga, yuzaga kelgan vaziyat inobatga olingan holda 16 yanvardan eksport uchun fitosanitar sertifikatlarni taqdim etish butunlay to‘xtatildi», — deya ta’kidlanadi xabarda.
Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, bugungi kunda mavjud zaxiralar 2025 yilgi hosilga qadar ichki bozor talabini qondirish uchun to‘liq yetadi. 19 yanvar holatiga ko‘ra, 850 ming tonnadan ortiq kartoshka zaxirasi mavjud.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. "Barselona" 116-daqiqada "Real"ga gol urib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 03:45
-
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:15 / 26.04.2025
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57 / 26.04.2025
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30 / 26.04.2025
Mavzuga oid

10:24 / 22.04.2025
O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga o‘rik danagi mag‘zi eksporti yo‘lga qo‘yildi

16:07 / 18.04.2025
1 iyuldan birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi

14:13 / 17.03.2025
Tabiiy gazdan go‘shtgacha – 86 turdagi tovarlarga eksport boji joriy etildi

09:51 / 17.03.2025