Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Tramp prezidentlikning dastlabki 100 kunida Xitoyga borishni rejalashtirmoqda
20 yanvar, dushanba kuni Donald Trampning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tadi. U 2017 yilda, birinchi prezidentlik muddati boshlanganida ham Pekinga tashrif buyurgandi.
Foto: AFP/Getty Images
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘z maslahatchilariga inauguratsiyasidan keyin Xitoyga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal.
Vaziyatdan xabardor manbalarning ma’lum qilishicha, Tramp Xitoyga o‘z prezidentligining dastlabki 100 kuni ichida borishga qiziqish bildirgan.
WSJ’ning qayd etishicha, hozirda safar bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Tramp 20 yanvar kuni AQSh prezidenti lavozimiga kirishadi. Marosimda XXR raisi o‘rinbosari Xan Chjen ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
17 yanvar kuni Tramp XXR raisi Si Jinping bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Suhbat davomida Vashington va Pekin yaqin vaqtlar ichida birgalikda «ko‘plab muammolarni hal etishga» kelishib olgan.
Tramp oxirgi marta Pekinga 2017 yilda, birinchi prezidentlik muddati boshlangan vaqtda borgan edi.
Mavzuga oid
09:21
Tramp Eronga “juda qattiq choralar” va yana bir aviatashuvchi bilan tahdid qilmoqda
20:55 / 09.02.2026
Hongkongda media magnat Jimmi Lay 20 yilga qamaldi
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
23:44 / 08.02.2026