Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda maxfiy gipertovushli raketa sinovdan o‘tkazildi
Xitoylik mutaxassislar «havo-havo» sinfidagi maxfiy gipertovushli raketaning yakuniy sinovlarini o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi.
Foto: CCTV
Xitoylik mutaxassislar «havo-havo» sinfidagi maxfiy gipertovushli raketaning yakuniy sinovlarini o‘tkazdi, deb xabar beradi South China Morning Post. Ta’kidlanishicha, bu yangi qurol mavjudligining birinchi tasdig‘idir.
Yangi raketalar ishlab chiqaruvchisi Xitoy aviatsiya sanoati korporatsiyasiga bog‘liq CAMA kompaniyasi hisoblanadi. Sinovlar yoyli isitish tizimiga ega aerodinamik quvurda o‘tkazilgan: bunday sharoitda havo harorati o‘n minglab darajaga chiqishi mumkin. Nashr manbasining aytishicha, olimlar raketa Xitoy Harbiy-havo kuchlari talabiga javob berishi uchun uni termobarqarorlik sinovidan o‘tkazgan.
Xitoy va zamonaviy Osiyo RFA instituti hisobotiga ko‘ra, XXR yaqin yillarda harbiy xarajatlarni oshirishni davom etadi. Xususan, 2035 yilga borib mamlakat Rossiya va Amerika yadroviy qurollari darajasiga chiqishi mumkin. Shu bilan birga, Xitoy harbiy kemalarni foydalanishga topshirish sur’atlari bo‘yicha yetakchi pozitsiyani egallagan.
Avvalroq KXDR Raketasozlik bosh boshqarmasi o‘rta va uzoq masofaga mo‘ljallangan yangi gipertovushli ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani ma’lum bo‘lgandi. Dekabr oyida esa Amerikaning Electron raketasi Pengaton manfaatlari uchun gipertovushli tizimni sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan apparatni kosmosga olib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
20:55 / 09.02.2026
Hongkongda media magnat Jimmi Lay 20 yilga qamaldi
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
23:10 / 06.02.2026