Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qalbaki AQSh dollarini o‘tkazgan shaxslar ushlandi
Ular tadbirkorlarga tegishli shoxobchadan boshqa fuqarolar plastik kartasiga pul o‘tkazgan va evaziga qalbaki 500 dollarni bergan.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Samarqand viloyati Narpay tumanida qalbaki dollarni sotgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi department.
Qayd etilishicha, departamentning Narpay tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda O.E. va J.S. ismli shaxslar o‘zaro til biriktirib, «Mirbozor bozori» MChJ hududida Paynet xizmati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar O.J. va D.R.ning shoxobchasidan boshqa fuqarolar plastik kartasiga jami 5,6 million so‘m pullarni o‘tkazib, evaziga qalbaki 500 AQSh dollarini bergani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil noyabr oyida Toshkentda qalbaki 9 ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlangan edi. Dekabrda esa Jizzaxda 1 milliard so‘mlik qalbaki pul sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:00 / 04.12.2025
Samarqanddan Urgutga poyezd harakatlanmoqda - bu iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
14:26 / 29.11.2025
Toshkent va Samarqand fuqarolik obektlari qurilishi bo‘yicha yetakchi hududlar bo‘ldi
18:31 / 26.11.2025
Samarqand viloyatida volfram majmuasi quriladi
18:39 / 25.11.2025