Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: AQSh sun’iy intellektni rivojlantirishga 500 mlrd dollargacha sarmoya kiritadi
Donald Tramp AQShda sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan Stargate loyihasi ishga tushirilishini e’lon qildi. Oq uyning yangi rahbari Qo‘shma Shtatlarda «texnologik kelajak»ni saqlab qolishga va’da berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 21 yanvar, seshanba kuni AQShda sun’iy intellekt (SI) infratuzilmasini rivojlantirishga 500 milliard dollargacha (479,6 milliard yevro) sarmoya kiritishni maqsad qilgan Stargate loyihasi ishga tushirilganini e’lon qildi. Loyihani yirik sun’iy intellekt ishlab chiqaruvchisi OpenAI, Yaponiyaning SoftBank konserni hamda dasturiy va texnik vositalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Amerikaning Oracle kompaniyasi amalga oshiradi. Hamkorlar orasida Microsoft, MGX, Arm va NVIDIA ham bor.
Stargate rahbarlari bilan bir qatorda so‘zga chiqqan Donald Tramp loyiha «deyarli zudlik bilan» 100 000 ish o‘rni yaratishiga va Qo‘shma Shtatlarning «texnologik kelajagi»ni ta’minlashiga va’da berdi. «Ushbu monumental tashabbus Amerikaning yangi prezident davridagi salohiyatiga ishonchning yorqin deklaratsiyasidir», dedi Tramp. Loyiha Texasning Abilin shahrida ma’lumotlar markazi qurilishi bilan boshlanadi.
Avvalroq Oq uyning yangi rahbari o‘zidan oldingi prezident Jo Baydenning sun’iy intellektni tartibga solish haqidagi farmonini bekor qilgandi. Bekor qilingan qoidalarga ko‘ra, OpenAI va Google kabi yirik kompaniyalar xavfsizlik ma’lumotlari va boshqa maxfiy ma’lumotlarni federal organlarga topshirishlari kerak edi. Yirik texnologiya kompaniyalari tashabbusni qo‘llab-quvvatladi, biroq kichikroq SI kompaniyalari – ko‘pchiligi Donald Trampni qo‘llab-quvvatlayapti – bunga qarshi chiqdi.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026
Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qildi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026