Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki O‘zbekistonning 2024 yildagi iqtisodiy o‘sishini baholadi
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024 yilda 6 foizga o‘sgan. 2025 yil uchun prognoz 5,8 foizni tashkil etadi.
Jahon banki global iqtisodiyot va alohida mintaqalar, jumladan, Yevropa va Markaziy Osiyo uchun tendensiyalar, prognozlar va xavflarni tahlil qiluvchi «Global iqtisodiy istiqbollar» hisobotining so‘nggi nashrini e’lon qildi.
Jahon banki iqtisodchilarining baholariga ko‘ra, O‘zbekiston YaIM o‘sishi 2024 yil oxirida 6 foizni tashkil etdi. Tashkilotning O‘zbekistonga 2025 yil uchun prognozi 5,8 foizni, 2026 yil uchun esa 5,9 foizni tashkil etadi.
Butun Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida 2024 yilda iqtisodiy o‘sish sur’ati 3,2 foizgacha pasaydi, deya qayd etdi Jahon banki. Bu pasayish, asosan, Rossiya va Turkiyadagi iqtisodiy o‘sishning zaiflashishi bilan bog‘liq.
Xomashyo narxlarining pasayishi vaziyatni biroz yumshatdi, biroq mehnat bozorlaridagi keskinliklar, ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasida ish haqiga bosim yuqoriligicha qolmoqda.
Ekspertlarning qayd etishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlariga, xususan, Tojikistonga pul o‘tkazmalari hajmi barqarorligicha qolmoqda, bu esa aholining shaxsiy iste’moli darajasini saqlab qolishga xizmat qilmoqda.
Mavzuga oid
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
10:53 / 24.04.2026
Yevrozonada biznes faolligi pasaydi: xarajatlar bosimi kuchaymoqda
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
17:06 / 18.04.2026