Antarktidada ish: oshpaz, santexnik va elektriklar qidirilmoqda
Britaniya Antarktika ilmiy instituti (BAS) dunyoning eng chekka hududidan ish taklif etmoqda. Yillik maosh - 66 ming yevrogacha.

Foto: Getty images
Institut Antarktidadagi stansiyalar uchun mutaxassislarni izlamoqda. BAS saytida oshpazlar, duradgorlar, elektriklar va santexniklar uchun bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilindi.
Xodimlar yiliga 66 000 yevrogacha maosh, qo‘shimcha mukofotlar, shuningdek bepul turar joy, ovqat, transport va maxsus kiyim-kechak bilan ta’minlanadi.
Ish haqi kasbga qarab yiliga 34 000 dan 66 000 yevrogacha o‘zgarishi mumkin. Biroq puldan tashqari, Antarktidada ishlash “noyob tajriba va global ilm-fanga hissa qo‘shish imkoniyatini” taqdim etadi.
Yangi xodimlar zimmasiga Antarktidaning turli hududlarida joylashgan beshta BAS ilmiy-tadqiqot stansiyasiga xizmat ko‘rsatish vazifasi yuklanadi. Shubhasiz, Yer yuzidagi eng noyob joylardan birida pingvinlar yonida ishlash qiziq tuyulishi mumkin, biroq kelgusida duch kelinadigan qiyinchiliklarni ham unutmaslik lozim.
Antarktidada oziq-ovqat bilan bog‘liq ma’lum muammolar mavjud. Bazalar shu qadar murakkab hududlarda joylashganki, ularga faqat yiliga bir marta oziq-ovqat yetkazib berish mumkin. Shu sababli oshpazlar stansiyaning barcha xodimlari uchun 18 oylik taomnomani oldindan rejalashtira olishi zarur.
BAS bazalaridan faqat bittasi yozda ishlasa, qolgan to‘rttasi yil bo‘yi faoliyat yuritadi. Bu esa eng qattiq sovuqda ham ish davom etishini anglatadi. Shamol tezligi soatiga 100 kilometrga yetib, harorat kamdan-kam holatlarda -30 gradusdan yuqori bo‘lgan abadiy qorong‘ilik sharoitida ham bir necha oy davomida ish to‘xtamaydi.
Bo‘sh ish o‘rinlarining birinchi partiyasi uchun arizalar mart oyida qabul qilinadi, shartnomalar esa iyul oyi oxirigacha tuziladi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
-
Latviya Belarus bilan chegaradagi yagona nazorat-o‘tkazish punktini yopdi
Jahon | 23:05 / 16.03.2025
Mavzuga oid

11:40 / 15.03.2025
Keniyada prezident korteji britaniyalik erkakni urib ketib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi

21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi

16:09 / 09.03.2025
Rishi Sunak: Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainani tiklashga yo‘naltirish kerak

19:58 / 07.03.2025