O‘zbekiston | 11:06 / 25.01.2025
74883
2 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

O‘zgidromet 27-29 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumotni taqdim etdi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3, kunduzi 27 yanvarda +9...+14, 28 yanvarda +5...+10, 29 yanvarda +2...+7; Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi -5...-10, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 yanvarda kechasi 0...+5, kunduzi +7...+12, 28 yanvarda kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10, 29 yanvarda kechasi -2...+3, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5, kunduzi 27 yanvarda +10...+15, 28 yanvarda +5...+10, 29 yanvarda +2...+7 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 yanvarda kechasi -3...+2, kunduzi +6...+11, 28 yanvarda kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10, 29 yanvarda kechasi 0...+5, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 27 yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28 yanvarda kechasi 0...-5, kunduzi +2...+7, 29 yanvarda kechasi -2...-7, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid