Sankt-Peterburgda noqonuniy migratsiyani tashkil qilganlar qo‘lga olindi
Xorijiy fuqarolarga ish va vaqtinchalik yashash joyi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlardan iborat soxta hujjatlar taqdim etilgan.

Foto: Videodan kadr
Rossiya Ichki ishlar vazirligi Sankt-Peterburgda xorijlik migrantlarga soxta hujjatlar berib kelayotgan bir qancha firmalar faoliyatini to‘xtatdi, deb yozdi TASS.
«2023 yildan boshlab xorijliklar va ularning ish beruvchilariga soxta hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilayotgani aniqlandi. Ularda migrantlarning ish joyi va vaqtinchalik yashash joyi haqida yolg‘on ma’lumotlar bo‘lgan. Shu bilan birga, jinoiy sxemaga aloqador tashkilotlar boshqa davlat fuqarolari uchun soliq va ijtimoiy to‘lovlarni hisoblamagan», deyiladi xabarda.
2024 yilda ular 900 nafarga yaqin migrantni «qonuniylashtirib», har biridan 35-40 ming rubl olgan.
Ta’kidlanishicha, noqonuniy migratsiyani tashkil etishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olinib, unga nisbatan muayyan xatti-harakatlarga cheklov qo‘yilgan. 16 kishi jinoiy sxemaga aloqadorligini tekshirish uchun politsiyaga olib ketilgan.
Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi (Noqonuniy migratsiyani tashkil etish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu moddaga ko‘ra, ayblanuvchilar 1 million rublgacha jarima va 7 yilgacha muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish yoxud 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Rossiyada noqonuniy migratsiyani tashkil qilganlik uchun jazo kuchaytirilgan edi. Uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan ushbu jinoyat o‘ta og‘ir jinoyat toifasiga kiritildi.
Mavzuga oid

17:42
AQShdan deportatsiya qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelindi

22:45 / 24.02.2025
Rossiya Ukrainani mag‘lub eta olmadi. Urushning uchinchi yilidan xulosalar

20:35 / 23.02.2025
Sankt-Peterburgda moliyaviy qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

00:00 / 23.02.2025