“O‘zbekiston havo yo‘llari” xalqni aldadimi?
Kimdir oldi, kimdir esa yo‘q: “Uzbekistan Airways”ning bayram chegirmasi tanqidga uchradi. Kompaniya o‘zining 33 yillik yubileyi munosabati bilan kecha, ya’ni faqat bir kun barcha yo‘nalishdagi chiptalar uchun 30 foizlik chegirma e’lon qilgan edi. Ammo tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, 28 yanvar kirib kelishi bilan 30 foizlik chegirma qimmatlashtirib yuborilgan.
Bu holat esa ko‘pchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Kun.uz holatga aniqlik kiritish maqsadida “O‘zbekiston havo yo‘llari” markaziy kassasiga kelganlar bilan so‘rovnoma o‘tkazdi. Ayrimlar chiptalarni chegirma narxida olayotganliklarini aytishgan bo‘lsa, aksariyat fuqarolar e’lon qilingan 30 foizlik chegirmalarni chipta narxlarida sezmaganliklarini aytishdi.
“Uzbekistan Airways” AJ matbuot kotibining fikrlariga ko‘ra, chiptalar butun dunyoda 24 soat davomida sotiladi. Kecha bir narxda sotilgan bo‘lsa, bugun boshqa narxda bo‘lishi tabiiy. Xaridlar natijasida arzon tariflar tugab, qimmatroq tarifdagi chiptalar sotuvga chiqariladi. Shundan so‘ng ayrim yo‘lovchilarga chegirmalar ko‘rinmaydi.
“Bu tariflarning o‘ynab turishi bilan bog‘liq jarayon, tariflar sistemaga kiritilgan bo‘ladi va uni 1-2 kun ichida o‘zgartirish qiyin, xodimlar 2-3 oy oldin harakat qilishadi, shuning uchun ataylab narxlarni qimmatlashtirib sistemaga kirita olmaymiz” – deydi kompaniya matbuot kotibi.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin “Yalta 2.0”ga erisha oladimi? Qrimdagi konferensiyada nima bo‘lgan?
Jahon | 19:20
-
AQSh Xitoyga tegishli 50 ta kompaniyani sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shdi
Jahon | 19:04
-
O‘zbekistonda gaz qazib olish va elektr energiyasi ishlab chiqarish qisqardi
O‘zbekiston | 18:32
-
Endi shaharsozlik qonunchiligining odam o‘limiga sabab bo‘lgan tarzda buzilishi jinoiy javobgarlik keltirib chiqaradi
O‘zbekiston | 18:29
Mavzuga oid

15:45 / 16.03.2025
Buxoro-Istanbul reysi texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi

17:25 / 06.03.2025
Moskva aeroportida Uzbekistan Airways samolyoti shikastlandi

19:55 / 19.02.2025
Toshkentdan Istanbulga uchadigan ikki kunlik reyslar bekor qilindi

18:22 / 28.01.2025