Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Xitoy va Hindiston Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatdi
Neft xaridi to‘xtatilishiga AQSh sanksiyalariga tushmagan tankerlarda yuk tashish narxi oshib ketgani sabab bo‘lmoqda.
Xitoy va Hindiston mart oyidagi yetkazib berishlardan boshlab Rossiya nefti xaridini to‘xtatadi. Bu haqda Reuters agentligi treyderlarga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, neft xaridi to‘xtatilishiga Amerika sanksiyalariga tushmagan tankerlarda yuk tashish narxi oshib ketgani sabab bo‘lmoqda.
Hindistonning Brant Petroleum Corp. neftegaz kompaniyasi mart oyidagi yetkazib berishlar bo‘yicha yangi takliflar yo‘qligini ma’lum qildi. Kompaniya dekabr va yanvar oylariga nisbatan yuk hajmi qisqarishini kutmoqda. Odatda Hindiston Rossiya neftining yetkazib berilishi bo‘yicha takliflarni har oy o‘rtalarida olar edi.
10 yanvar kuni AQSh Rossiyaning «soyadagi floti» kemalariga va neftegaz sanoatiga qarshi sanksiyalar joriy etgach, cheklovlarga tushmagan tankerlarda yuk tashish narxi «bir necha million dollarga» oshib ketdi. Bu tabiiyki, Rossiyaning ESPO neft xomashyosining narxi bir barreli uchun ICE Brent markasiga nisbatan 3-5 dollarga qimmatlashishiga olib keldi.
2024 yilda Hindiston neft importining 36 foizi va Xitoy importining qariyb 20 foizi Rossiya hisobiga to‘g‘ri kelgan.
AQSh Moliya vazirligi 10 yanvar kuni «Surgutneftegaz» va «Gazprom neft» kompaniyalariga, shuningdek, Rossiya «soyadagi floti»ning 183 ta kemasiga ta’sir ko‘rsatuvchi navbatdagi sanksiyalar paketini e’lon qildi. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, natijada jahon neft tankerlari flotining qariyb 10 foizi sanksiyaga uchragan. Yangi sanksiyalar joriy etilganidan keyin Xitoy va Rossiya sohillarida kamida 65 ta neft tanker to‘xtab qoldi.
Mavzuga oid
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026