46 mlrd so‘m zarar: yana bir “avtosalonchi”lar ishi sudda ko‘rilmoqda
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan Toshkent shahridagi “Allianse Motors” MChJ mansabdorlari juda ko‘p miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda. Ular mashina olib kelib berish haqida yolg‘on va’dalar berib, yuzdan ortiq fuqaroning bir necha o‘n milliard so‘m pulini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. “Delo” bo‘yicha jami 9 kishiga ayb e’lon qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida sudya Baxtiyor Alimov raisligida “Allianse Motors” MChJ mansabdorlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqish boshlandi. Bu haqda sud majlislari jadvalida keltirilgan.
Jinoyat ishi doirasida 9 kishi – MJJ ta’sischisi Shaxzoda Narziyeva, uning ukasi Davlatbek Narziyev va boshqalar ayblanyapti.
Sudlanuvchilarga o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, firibgarlik, o‘g‘irlik, valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish, chet el valutasini yashirish, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, jinoiy uyushma tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hamda boshqa jinoyatlar bilan ayblov e’lon qilingan.
Kun.uz tanishgan ayblov xulosasida keltirilishicha, Shaxzoda Narziyeva ukasi Davlatbek Narziyev bilan fuqarolarning pul mablag‘larini aldov yo‘l bilan qo‘lga kiritgan holda yengil daromad topishni maqsad qilib, 2021 yil dekabr oyida “Allianse Motors” MChJni tashkil etgan.
Firmaga Shaxzoda Narziyeva umumiy rahbarlik qilgan. U jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pullarni jinoiy uyushma a’zolari o‘rtasida taqsimlab, boshqa viloyatlarda ham jamiyat filiallarini ochishni rejalashtirgan. MChJni Davlatbek Narziyev direktor sifatida boshqargan.
Jinoyat ishida 128 kishi jabrlanuvchi sifatida o‘tgan. Ularga yetkazilgan zarar miqdori esa 46 mlrd so‘mga teng.
Qayd etilishicha, MChJ mansabdorlari jinoiy faoliyat natijasida topilgan mulkni legallashtirib kelishgan. Xususan, Shaxzoda Narziyeva jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pullar hisobidan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Alisherobod mahallasidagi uylardan birini 477 ming dollarga sotib olishga kelishgan. U 2024 yil iyul oyiga qadar 162 832 dollar va 401 mln so‘m pullarni shu maqsadda to‘lab kelgani aniqlangan.
Kun.uz avvalroq jabrlanuvchilarning murojaati asosida ushbu ish bo‘yicha surishtiruv olib borgandi. Surishtiruv davomida murojaatchilar “Allianse Motors” MChJ mijozlar bilan shartnoma tuzib, mashinalarni vaqtida keltirib bermagani, ayrimlarni esa yetkazib berilgan avtoransport vositasining hujjatini to‘g‘rilab bermasdan ovora qilayotganini bildirgan.
Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay “Allianse Motors” MChJ mas’ullariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Avvalroq ZTY ishi bo‘yicha 203 kishini chuv tushirganlar uzoq muddatga qamalgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kosta-Rika ko‘chib o‘tish eng oson bo‘lgan mamlakat deya tan olindi
Jahon | 21:05
-
Panamaning yarmi elektr energiya va ichimlik suv ta’minotisiz qoldi
Jahon | 20:50
-
Sud Trampga XVIII asrdagi qonun yordamida migrantlarni deportatsiya qilishni taqiqladi
Jahon | 20:33
-
Hindistonda kamyob sherlar ikki haftada uch kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi
Jahon | 20:10