Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim normalar bekor qilindi
Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.
Eskirgan tartibga solish mexanizmlarini bartaraf etish maqsadida qator qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Xususan, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonundan mahalliy hokimiyat organlarining iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib sudlarga murojaat etish bo‘yicha vakolatlarini belgilovchi norma chiqarib tashlanmoqda.
«Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi qonundan baholovchi tashkilotda qonunchilikda nazarda tutilgan miqdordagi ustav fondining mavjud bo‘lishi lozimligi haqidagi norma chiqarib tashlanmoqda.
Shuningdek, «Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi qonundan investitsiya buyurtmanomasiga: shaxsni tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxasini (investor — jismoniy shaxs uchun) ilova qilish bo‘yicha talab chiqarib tashlanmoqda.
Qonun bilan boshqa hujjatlarga ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Mavzuga oid
18:27 / 30.12.2025
Qozog‘istonda noan’anaviy jinsiy munosabatlar targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
10:20 / 26.12.2025
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
19:50 / 19.12.2025
Mahalliy kengash va hokimlar faoliyatiga xos bo‘lmagan 8 ta vazifa bekor qilinadi
10:15 / 08.12.2025