«Krokus»dagi terakt bo‘yicha tergov yakunlandi
Endi birinchi bo‘lib jabrlanuvchilar tergov materiallari bilan tanishadi, ularning soni mingga yaqin.

Foto: TASS
Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terakt bo‘yicha tergov nihoyasiga yetdi. Bu haqda ayblanuvchilardan birining advokati Oleg Vlasov ma’lum qildi, deb xabar berdi TASS.
«Ish bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi, tomonlar uning materiallari bilan tanishishni boshladi. Qonunga ko‘ra, jabrlanuvchilar bu ishni birinchi bo‘lib amalga oshiradi va ularning soni mingga yaqin. Demak, ish tez orada sudga o‘tkazilishi dargumon», dedi himoyachi.
Sudlanuvchilarning advokatlari terakt bo‘yicha ish mart oyi oxirida sudga topshirilishini kutmoqda.
Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga hujum 2024 yil 22 mart kuni sodir bo‘ldi. Tojikiston fuqarolari bo‘lgan to‘rt nafar qurollangan shaxs konsertga kelgan odamlarga qarata o‘q uzdi, auditoriyaga o‘t qo‘ydi, so‘ngra binoni tark etib, mashinada qochib ketdi.
Terakt oqibatida 145 kishi halok bo‘ldi, bir necha yuz kishi jarohatlandi. Ushbu hujum zamonaviy Rossiya tarixidagi eng yirik teraktlardan biriga aylandi.
Hujum uchun javobgarlikni IShIDning Afg‘onistondagi bo‘limi hisoblangan «Xuroson Viloyati» guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Huquq-tartibot idoralari hujumni sodir etish va uyushtirishda yordam berishda gumon qilingan 20 ga yaqin shaxsni qo‘lga oldi, ularning aksariyati Tojikiston fuqarolari.
Keyinroq Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin bu ish bo‘yicha 27 nafar ayblanuvchi borligini, bundan tashqari, terakt oqibatida 146 kishi halok bo‘lgani va yana 551 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.
Teraktdan so‘ng Rossiya hududida migrantlar uchun ish va yashash rejimi kuchaytirildi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba o‘tkazildi
Fan-texnika | 02:08
-
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti
Jahon | 01:36
-
Fransiya Janubiy Amerika junglilarida qattiq tartibli qamoqxona quradi
Jahon | 23:27 / 18.05.2025
-
Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi
Jahon | 23:13 / 18.05.2025
Mavzuga oid

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

16:33 / 17.05.2025
Rossiya qamoqxonasida tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi

16:28 / 17.05.2025
Kreml Putin-Zelenskiy uchrashuvi qachon o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi

15:15 / 17.05.2025