Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terakt böyiça tergov nihoyasiga yetdi. Bu haqda ayblanuvçilardan birining advokati Oleg Vlasov ma’lum qildi, deb xabar berdi TASS.

«Iş böyiça tergov harakatlari yakunlandi, tomonlar uning materiallari bilan tanişişni boşladi. Qonunga köra, jabrlanuvçilar bu işni birinçi bölib amalga oşiradi va ularning soni mingga yaqin. Demak, iş tez orada sudga ötkazilişi dargumon», dedi himoyaçi.

Sudlanuvçilarning advokatlari terakt böyiça iş mart oyi oxirida sudga topşirilişini kutmoqda.

Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga hujum 2024 yil 22 mart kuni sodir böldi. Tojikiston fuqarolari bölgan tört nafar qurollangan şaxs konsertga kelgan odamlarga qarata öq uzdi, auditoriyaga öt qöydi, söngra binoni tark etib, maşinada qoçib ketdi.

Terakt oqibatida 145 kişi halok böldi, bir neça yuz kişi jarohatlandi. Uşbu hujum zamonaviy Rossiya tarixidagi eng yirik teraktlardan biriga aylandi.

Hujum uçun javobgarlikni IŞIDning Afğonistondagi bölimi hisoblangan «Xuroson Viloyati» guruhi öz zimmasiga oldi.

Huquq-tartibot idoralari hujumni sodir etiş va uyuştirişda yordam berişda gumon qilingan 20 ga yaqin şaxsni qölga oldi, ularning aksariyati Tojikiston fuqarolari.

Keyinroq Rossiya Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin bu iş böyiça 27 nafar ayblanuvçi borligini, bundan taşqari, terakt oqibatida 146 kişi halok bölgani va yana 551 kişi jarohatlanganini ma’lum qildi. 

Teraktdan söng Rossiya hududida migrantlar uçun iş va yaşaş rejimi kuçaytirildi.