Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Puerto-Rikoda o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlar hibsga olindi
Qo‘shma Shtatlarga qaram bo‘lgan ushbu hududda noqonuniy migrantlarga qarshi ommaviy reydlar o‘tkazildi.
Hibslar Donald Trampning Amerikaga noqonuniy kirgan har qanday shaxsni deportatsiya qilish haqidagi buyrug‘iga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Puerto-Rikoda immigratsiyaga oid federal qonunlarni buzganlikda gumon qilingan 100 nafarga yaqin kishi hibsga olindi, deb xabar berdi CNN AQSh Milliy xavfsizlik departamentining Tergov boshqarmasiga tayanib.
Hibslar Donald Trampning farmoniga muvofiq 26 yanvar kuni butun mamlakat bo‘ylab boshlangan keng ko‘lamli operatsiya doirasida amalga oshirilgan.
Qo‘lga olinganlar orasida Gvatemala, Ekvador, Dominikana, Haiti, Meksika, Xitoy, Dominika, Braziliya, Britaniya Virjiniya orollari, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Isroil, Italiya va Yaponiya kabi davlatlar fuqarolari borligi qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, barcha hibsga olinganlar deportatsiya qilish uchun protsessual jarayondan o‘tadi.
Puerto-Riko — Karib dengizida Buyuk Antil orollari guruhidagi Puerto-Riko orolida va unga tutash kichik orollarda joylashgan bo‘lib, Amerika Qo‘shma Shtatlariga qaram hudud, ammo uning tarkibiga kirmaydi. AQSh Konstitutsiyasining hududga ta’siri cheklangan. Oliy hokimiyat AQSh Kongressiga berilgan, ammo hududda o‘zini o‘zi boshqarish tizimi mavjud.
Mavzuga oid
18:06 / 08.06.2026
Rossiyada migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati qisqartiriladi
17:53 / 08.06.2026
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurmoqchi
10:30 / 08.06.2026
AQSh poytaxtida o‘zbek tadbirkorlari uchun maxsus dastur ishga tushirildi
09:30 / 08.06.2026