AQSh Kongressi Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasidagi eshituvda Rubio prezident Donald Tramp ma’muriyati AQSh qonun chiqaruvchi organi tomonidan Markaziy Osiyo respublikalari bilan savdosini cheklovchi Jyekson-Venik tuzatishini bekor qilish tarafdori ekanini tasdiqladi.
«Biz buni foydali deb hisoblaymiz», dedi u.
«Aytgancha, biz mintaqada C5+1 (AQSh va Markaziy Osiyoning beshta davlati) formatidagi uchrashuvni o‘tkazmoqchimiz, men unga keyinroq, shu yilda boraman», dedi AQSh tashqi siyosat idorasi rahbari.
C5+1 - bu AQShning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan jamoaviy hamkorlik mexanizmi. Vashington undan taxminan 2015 yildan beri foydalanib kelmoqda.











