Anorbank Energetika vazirligi va O‘ztransgaz binolarini sotib oldi
Anorbank Energetika vazirligi joylashgan binoni qariyb 255 mlrd so‘mga, «O‘ztransgaz» AJga tegishli binoni esa 185 mlrd so‘mga sotib oldi. Avvalroq, respublika darajasidagi ijro organlari Yangi Toshkent shahriga ko‘chirilib, ularning hozirgi binolari sotilishi ma’lum qilingandi.

Foto: Kun.uz
Anorbank Toshkent shahri Istiqlol ko‘chasi 21-uyda joylashgan bino-inshootlarni 254,6 mlrd so‘mga xarid qilgan. Bitim 2025 yil 27 yanvar kuni tuzilgan.
Iqtisodchi Otabek Bakirovning e’tibor qaratishicha, mazkur binoda Energetika vazirligi joylashgan, bino «O‘zbekneftegaz» AJning shu’basi Neft Gaz Bino Inshoot MChJ balansida bo‘lgan. 2019 yilda O‘zbekneftegaz bir muddat Qarshi shahriga ko‘chirilgach shahar qoq markazidagi mazkur mashhur bino Energetika vazirligi foydalanuviga o‘tkazib berilgandi.
10 yanvardagi bitimga ko‘ra, Anorbank Energetika vazirligi yonidagi - Shahrisabz ko‘chasi, 85a manzilda joylashgan binoni ham 185 mlrd so‘mga sotib olgan. Bu bino «O‘ztransgaz» AJga tegishli edi.
«Bank sohasidagi manbalarga ko‘ra, Anorbank energetiklar o‘tirgan binolar o‘rnida bank uchun yangi biznes markazni qurmoqchi. Hisob-kitoblar shakli (bo‘lib to‘lash yoki birato‘la) ochiqlanmagan. Davlat kompaniyalari balansidagi mazkur binolarni sotishda auksion yoki qanaqadir formal tanlov o‘tkazilgani ma’lum emas.
Tijorat banklarining binolari xaridi bo‘yicha prudensial nazoratni amalga oshiruvchi Markaziy bank munosabati ochiqlanmagan. Mazkur bitim yosh bankning likvidliligi va kapitaliga yetarlicha bosim ko‘rsatishi mumkin”, deya yozdi iqtisodchi.
Ma’lumot uchun, 2024 yilning aprel oyida respublika darajasidagi ijro organlari Yangi Toshkent shahriga ko‘chirilib, ularning hozirgi binolari sotilishi e’lon qilingandi. Sotishdan tushgan mablag‘lar Yangi Toshkentda ma’muriy binolar qurishga sarflanadi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi
O‘zbekiston | 12:52
-
Qatar bilan yoshlar malakasini oshirish loyihalari ishlab chiqiladi
O‘zbekiston | 12:50
-
Germaniya boshpana berishni rad etish tartibini soddalashtiryapti
Jahon | 12:36
-
Son ham, sifat ham yetarli. Legionerlar muhim o‘yinlarga qanday holatda yetib keldi?
Sport | 12:26
Mavzuga oid

15:33 / 03.06.2025
TAQA va Mubadala Talimarjon energetika majmuasidagi IESni sotib oldi

22:51 / 24.05.2025
«Avtooyna» MChJ va «Yoshlik» sport majmuasi sotildi. Xaridorlar kim?

16:52 / 07.05.2025
Noshaffof xususiylashtirishlar. Bu yana davom etadimi?

17:21 / 30.04.2025