Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IT xizmatlari eksportini 1 mlrd dollardan oshirish rejalashtirilmoqda
Prezident rahbarligidagi yig‘ilishda 2025 yilda IT xizmatlari hajmini 30 foizga o‘stirib, 80 trillion so‘mdan, eksportini 1 milliard dollardan oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 7 fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonda IT xizmatlari hajmi va eksportini oshirishga doir topshiriqlar berildi.
Masofaviy xizmatlar eksportini yangi bosqichga olib chiqish vaqti kelgani ta’kidlandi.
Faqat texnik xizmat ko‘rsatish bilan cheklanmay, buxgalteriya, konsalting, sug‘urta, yuridik va boshqa professional xizmatlar eksportini yo‘lga qo‘yish kerakligi qayd etildi.
Mutasaddilarga xorijiy davlatlarning xizmatlar importini va talablarini tahlil qilib, o‘quv dasturlarini shunga moslash va tegishli mutaxassislarni tayyorlash topshirildi.
Bu yil kreativ iqtisodiyotdagi startap loyihalar uchun 50 million dollar ajratildi.
Misol uchun, Amazon'da ishlab, Nukusga qaytib kelgan Beknazar Abdukamolov startap loyihasiga Facebook'dan 3 million dollar jalb qilgani uchun bugungi kunda aktivlari 15 million dollarga baholanmoqda.
Hozirda dunyoning yirik IT kompaniyalarida ishlayotgan bunday yuzlab yoshlarimiz bor. Raqamli texnologiyalar vazirligiga eng avvalo shunday yoshlar bilan birgalikda startap loyihalarini amalga oshirish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Umuman, 2025 yilda IT xizmatlari hajmini 30 foizga o‘stirib, 80 trillion so‘mdan, eksportini 1 milliard dollardan oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
10:41
O‘zbekiston olmasi eksportida asosiy ulush ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keldi
12:34 / 15.01.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi
14:00 / 05.01.2026
Suriyaga o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish boshlanadi
11:30 / 05.01.2026