Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasida prezident taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan “Ikkinçi imkon” loyihasining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi. Loyiha doirasida 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan mahkumlar axborot texnologiyalari, raqamli kasblar va xorijiy tillarga öqitiladi.
Kun.uz tadbirda iştirok etgan mutasaddilardan mahkumlarning kelajakda iş bilan ta’minlanişi, beriladigan sertifikatlarning mehnat bozoridagi ahamiyati va öqituvçilarni saralaş mezonlari haqida söradi.
Prezident taşabbusi bilan yölga qöyilayotgan “Ikkinçi imkon” loyihasi respublikaning Toşkent viloyati, Navoiy va Qaşqadaryo viloyatlaridagi 10 ta jazoni ijro etiş muassasasida amalga oşiriladi. Loyihaga köra, 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan mahkumlar saralab olinib, IT, raqamli texnologiyalar hamda mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga öqitiladi.
Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatov mahkumlarning kelajakda iş bilan ta’minlaniş mexanizmlari haqida gapirdi.
“Öqitiş natijasi böyiça oraliq sörovlar bölib ötadi. Öşaning har birini baho berib qöyiladi. Boşqa kurslarda qanaqa baholansa, bu yerda ham xuddi şunaqa baholanadi va kelajakda bularga malakaviy sertifikat beradi. Har bitta sertifikat bizning hamma qonunlarimiz böyiça barça tizimlarda töliq qabul qilinadi. Sertifikat olganlar kelajakda özining imkoniga qarab, olgan bilimiga qarab işga taklif qilinadi. Albatta, iş bilan ta’minlanadi hammasi.
Bularga iş bozorida takliflar juda ham köp. Eng tez rivojlanayotgan bozor – axborot texnologiyalari sohasi. Mutaxassislarga yetişmovçilik juda katta. Şuning uçun bularga imkoniyat yaratib beriladi. Eng muhimi, bular özining ota-onasiga, oilasi davrasiga prezidentimiz yaratib bergan şaroitdan foydalanib, kamida bitta xorijiy til va zamonaviy, yaxşi daromad topiş imkonini beradigan hunar egasi bölib boradi”, – dedi vazir.
Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatovga köra, maqsad faqat sertifikat beriş emas, daromadli iş bilan ta’minlaş.
“Birinçi narsa, bu haqiqiy natija uçun qilinayotgan loyiha. Ya’ni bu qandaydir davlat pulini işlatiş yoki xarajat qiliş uçun emas. Prezidentimizning maqsadi – jazoni ijro etiş muassasasidagi yoşlar ham ertaga hayotda öz örnini topişi.
Baribir qamoqdan çiqqanidan keyin işga joylaşişda qiyinçiliklar böladi. Lekin hozir IT sohasida çet tilini va kasbni bilsangiz, frilans platformalari orqali ham bemalol daromad topiş mumkin. Şuning uçun ham bu loyiha “Ikkinçi imkon” deb nomlangan.







