Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
Haydovchi “Kobalt” mashinasini boshqarib borayotib, xavfli burilishda boshqaruvni yo‘qotgan va ro‘paradan kelayotgan “Kamaz” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Samarqand viloyatidagi yo‘l-transport hodisasi tufayli ikki kishi bevaqt halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2025 yil 2 fevral kuni soat 10:30 da Payariq tumani Guliston mahallasidan o‘tgan davlat ahamiyatiga ega yo‘lda sodir bo‘lgan.
Haydovchi “Kobalt” mashinasini boshqarib borayotib, xavfli burilishda boshqaruvni yo‘qotgan va ro‘paradan kelayotgan “Kamaz” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda “Kobalt” haydovchisi va yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan ular vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:56 / 10.03.2026
Navoiyda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
16:18 / 07.03.2026
Toshkentda yana bir guruh yoshlar YTH sodir etdi
13:14 / 05.03.2026
“Bu – qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish uchun jiddiy signal” – BMW YPX xodimini urib ketishi voqeasi haqida suhbat
10:43 / 05.03.2026