Bir maymun butun Shri-Lankani elektrsiz qoldirdi
Mamlakatning eng yirik nimstansiyasiga maymun kirib qolgan, oqibatda elektr ta’minotida favqulodda uzilish ro‘y bergan.
Yakshanba kuni bir maymun sababli Shri-Lankada blekaut ro‘y berib, 22 million aholi elektr ta’minotidan uzildi.
«Maymun tarmoq transformatorimiz bilan kontakt qilgan, bu esa tizimda muvozanat buzilishiga olib keldi», — deya orolda yakshanba kuni soat 11 atrofida ro‘y bergan to‘liq blekautni izohlagan jurnalistlarga Shri-Lanka energetika vaziri Kumara Jayakodi.
Maymun uchun fojiali hodisa Shri-Lanka poytaxti Kolombodan janubda joylashgan nimstansiyada ro‘y bergan.

Daily Mirror gazetasi energetika vazirligidagi manbalarga tayanib xabar berishicha, maymun yolg‘iz bo‘lmagan. Stansiyaga jonivorlarning bir nechtasi kirib, o‘zaro janjallashgan, oqibatda «svet» o‘chgan.
Shundan keyin elektr ta’minotini bosqichma-bosqich tiklash uchun ko‘plab soatlar kerak bo‘lgan, avvaliga tibbiyot muassasalari hamda suv tozalash stansiyalari elektrga ulangan. Kechga borib energetika vazirligi Shri-Lankada elektr to‘liq tiklangani haqida ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarning mahalliy foydalanuvchilari bu hodisa yuzasidan hukumatdagilarga qarata hazil va kinoyali gaplar yozishmoqda.
«Bir maymun = to‘la tartibsizlik. Balki infratuzilma haqida o‘ylash vaqti kelgandir?» — deya yozgan X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi Mario Nawfal.
«Faqat Shri-Lankada bir to‘da maymunlarning nimstansiyadagi ishkali butun orolda elektrni o‘chirib qo‘yishi mumkin», — deya yozgan Daily Mirror gazetasining mahalliy bo‘limi muharriri Jamilya Husayn.
Dushanba kuni e’lon qilingan materialda bu gazeta mutaxassislar yillar davomida hukumatdagilarga mamlakatdagi elektr tarmoqlarni modernizatsiya qilish zarurligi, aks holda o‘chish sodir bo‘lishidan ogohlantirib kelganini eslatgan.
«Mamlakatdagi elektrtarmoqlar shunday holatdaki, elektr uzatish liniyalaridan faqat bittasida nosozlik ro‘y bersa ham, butun mamlakatda elektr o‘chib qoladi», — deya shaxsi sir qolishini so‘ragan muhandislardan biridan iqtibos keltirgan gazeta.
2022 yilda Shri-Lankada muntazam ravishda elektr o‘chgan — ammo maymunlarning ehtiyotsizligidan emas, balki iqtisodiy inqiroz sharoitida mamlakatda boshqa narsalar qatori yonilg‘i uchun ham pul qolmagani tufayli.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi

21:18 / 29.04.2025