Kubada elektr energiyasi töliq öçib qoldi, deb xabar qildi davlat elektr tarmoqlari operatori UNE 16 mart, duşanba kuni. Şu tariqa orolning barça aholisi — taxminan 10 million kişi elektr ta’minotisiz qolgan.
«Hozirgi vaqtda elektr ta’minotini tiklaş çoralari körilmoqda», — deyiladi UNE kompaniyasining X mikroblogida. Şu bilan birga, Reuters agentligi eslatişiça, Kubadagi hozirgi blekautdan oldin ham elektr energiyasi öçişining butun boşli qator holatlari kuzatilgan. Ayrim holatlarda kubaliklar bir neça sutka davomida elektr ta’minotisiz qolgan.
Şu vaziyat fonida 14 va 15 mart kunlari, ya’ni dam oliş kunlarida, mamlakatda norozilik namoyişlari bölib ötdi, ular ayrim joylarda köça tartibsizliklariga aylandi. Masalan, 14 martga ötar keçasi namoyişçilar guruhi Moron şahridagi hukmron Kommunistik partiya qarorgohiga hujum qildi.
Kubadagi iqtisodiy va energetika inqirozi AQŞ tomonidan qöllangan neft blokadasi sababli ança kuçaydi. Orolning energiya ta’minoti asosan eskirgan neft elektr stansiyalari hisobidan amalga oşiriladi. Yaqin vaqtgaça Kubaga neft yetkazib beruvçi asosiy davlat Venesuela edi. Biroq joriy yil yanvar oyida AQŞning uşbu mamlakatga hujum qilişi va uning rahbari Nikolas Maduroni qölga olişi ortidan Karakas kubaliklarga neft yetkazib berişni töxtatdi.
Bundan taşqari, Reuters agentligi eslatişiça, Vaşington Kubaga neft sotadigan davlatlarga nisbatan oşirilgan bojlar joriy etiş bilan tahdid qilgan. AQŞ prezidenti Donald Tramp ham Kuba Eron bilan uruş va Nikolas Maduroni ağdarişdan keyin uning kun tartibidagi navbatdagi masala bölişini aytgan.
Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel fevral boşida AQŞ blokadasini «jinoiy va genotsid sodir etişga qaratilgan» deb qoralagan edi. Ammo 13 mart kuni u kuçayib borayotgan energetika inqirozi şaroitida AQŞ bilan muzokaralar boşlanganini ma’lum qildi va şu bilan bu aloqalarni birinçi marta rasman tan oldi.
The New York Times gazetasi 16 aprel kuni xabar berişiça, Donald Tramp öşa kuni jurnalistlar bilan muloqot çoğida «Kubani qölga kiritiş şarafi» unga nasib etişi mumkin, degan fikrni bildirgan.
«Kubani qölga kiritiş. Ya’ni, uni ozod qiliş, egallaşni nazarda tutyapman. Öylaşimça, u bilan xohlagan işimni qila olaman. Hozir bu juda zaiflaşgan mamlakat», — deya naşr Oq uy rahbarining sözlarini keltiradi.













