Ilon Mask OpenAI uchun qariyb 100 mlrd dollar taklif qildi
ChatGPT sun’iy intellektini ishlab chiqqan OpenAI kompaniyasi rahbari Sem Altman X ijtimoiy tarmog‘i orqali bu taklifga javob qaytardi: «Yo‘q, rahmat, ammo xohlasangiz, biz Twitterʼni 9,74 mlrd dollarga sotib olishimiz mumkin».

Foto: Samuel Corum/Getty Images
Ilon Mask rahbarligidagi investorlar konsorsiumi OpenAI direktorlar kengashiga ChatGPT chatbotini nazorat qiluvchi notijoriy tashkilotni 97,4 milliard dollarga sotib olish uchun ariza kiritdi, deb yozadi The Wall Street Journal.
OpenAI rahbari Sem Altman X ijtimoiy tarmog‘i orqali ushbu taklifga javob qaytardi: «Yo‘q, rahmat, ammo xohlasangiz biz Twitterʼni 9,74 milliard dollarga sotib olishimiz mumkin. Ilon Mask Twitterʼni 2022 yilda 44 milliard dollarga sotib olgan va uning nomini X’ga o‘zgartirgan edi.
Mask OpenAI’ning hammuassislaridan biri (u 2018 yilda kompaniya direktorlar kengashini tark etgan) bo‘lib, u kompaniyaning tijoriy faoliyatga o‘tishiga qarshilik bildirgan. Mask kompaniyaning tijoratlashtirilishi bo‘yicha OpenAI va Altmanni sudga bergan. Uning fikricha, OpenAI de-fakto Microsoftʼning yopiq kodli shu’ba kompaniyasiga aylantirilgan.
«OpenAI uchun ochiq birlamchi kodga qaytish vaqti keldi», — deydi Mask.
Biznesmen uning X.AI sun’iy intellekt startapini (2023 yil martda yaratilgan) qo‘llab-quvvatlagan, bitimdan keyin u OpenAI bilan birlashishi mumkin. Shuningdek, u bir qancha investorlar, jumladan, Valor Equity Partners, Baron Capital, Atreides Management, Vy Capital, 8VC va boshqalarning qo‘llab-quvvatlovini olgan.
Yanvar oyida biznesmenning advokati Mark Toberoff Kaliforniya va Delaver (OpenAI ro‘yxatdan o‘tkazilgan manzil) bosh prokurorlariga maktub yo‘llab, uning ulushini sotish bo‘yicha auksion o‘tkazilishini so‘ragan. O‘z navbatida OpenAI Maskning huquqiy e’tirozlarini asossiz deb atagan. Dekabr oyida kompaniya Mask OpenAI’ning tijoriy tuzilmaga aylantirilishini qo‘llab-quvvatlagani, ammo nazoratni qo‘lga kirita olmagani bois undan ketgani keltirilgan hujjatlarni e’lon qildi.
Inauguratsiyaning ertasi kuni Donald Tramp va Altman Amerika ma’lumotlarni qayta ishlash markazlariga keyingi to‘rt yilda 500 milliard dollargacha investitsiya kiritishni nazarda tutuvchi loyihani taqdim etdi. Tramp bilan qalin aloqaga ega bo‘lsa-da, Mask unda ishtirok etmadi. Keyinroq u Altmanni firibgar deb atadi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21
-
Saida Mirziyoyeva Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi
O‘zbekiston | 15:10
-
Bolgariyada valutaning yevroga o‘zgarishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
Jahon | 15:08
-
«PSJ»ning finaldagi g‘alabasidan so‘ng Parijda tartibsizliklar yuzaga keldi
Sport | 13:29
Mavzuga oid

09:00
NYT: Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtida giyohvand moddalar iste’mol qilgan

02:03 / 31.05.2025
Tramp Maskka Oq uyning oltin kalitini topshirdi

09:50 / 29.05.2025
«Vakolat muddatim tugamoqda». Mask davlat ishidan ketishini e’lon qildi

19:19 / 28.05.2025