Haydovchilik guvohnomasi uchun kerak bo‘ladigan tibbiy ma’lumotnoma qanday olinadi?

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Hozirgi paytda tibbiyot muassasalari tomonidan fuqaroning transport vositasini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risida beriladigan 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomani olish jarayoni soddalashtirildi. Ya’ni endilikda my.gov.uz — yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali shu turdagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn olish mumkin.
Ammo ungacha fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi zarur.
Fuqaro dastlab avtomaktabga boradi. U yerda bir necha hujjat so‘raladi, shulardan biri fuqaroning transport vositasini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma hisoblanadi. Uni olish uchun tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan haydovchilar tibbiy ko‘rik komissiyasiga uchraydi. Asosiy ishlar shu yerning o‘zida bajariladi.
Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi bosh shifokori Gulruh Umarova SSV matbuot xizmatiga jarayon to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
«Mazkur komissiyalar aholimizga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan. Shu jumladan, bizning muassasamiz qoshida ham ana shunday tuzilma bo‘lib, bu yerda ko‘p hujjat talab etilmaydi, pasport va surat bo‘lsa, bas. Davlat boji ham bor. Shundan keyin fuqaroni kerakli shifokorlarga yo‘llaymiz.
Muhimi, u, bir paytlarda bo‘lganidek, bu shifoxonadan unisiga borib, sarson-sargardon bo‘lmaydi. Kerakli barcha mutaxassislar shu yerning o‘zida jamlangan bo‘lib, qisqa vaqt ichida ularning tekshiruvidan o‘tib ulguradi.
Natijalar ertasi kuniyoq ma’lum bo‘ladi hamda u zudlik bilan my.gov.uz — yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtiriladi. Fuqaro ma’lumotnomani qog‘ozga chiqarishni xohlasa, xodimlarimiz buni bir zumda amalga oshirishadi.
Agar tibbiy ko‘rik jarayonida fuqaroda biror kasallik aniqlansa, uni tegishli tartibda davolanish uchun yo‘naltiramiz. Vaqti kelib shu monelik bartaraf etilgach, u haydovchilik guvohnomasini olish harakatlarini davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
Kimdir 55 yoshdan oshgan bo‘lsa, albatta, unga qo‘shimcha tibbiy ko‘riklar talab qilinadi. Masalan, bu yoshdagilar yurak kardiogramma tekshiruvidan o‘tadi. Bu, avvalo, ularning o‘zi uchun foydalidir.
Qo‘shimcha sifatida aytamizki, ayrim kasalliklari bo‘lgan fuqarolarga ma’lumotnoma 6 oyga berilishi mumkin. Nima uchun 6 oy? Gap shundaki, u shu vaqt davomida salomatligini tiklab oladigan bo‘lsa, ma’lumotnoma muddati uzaytirib beriladi», — deydi mutaxassis.
Keyinchalik turli sabablar bilan tekshiruvdan o‘tgan kishining tibbiy ko‘rik natijalari, yuqorida aytib o‘tilganidek, portalda bir zumda aks etadi. Zarurat bo‘lsa, ma’lumotnomani onlayn olish mumkin.
Umuman, haydovchilik uchun talab qilinadigan ma’lumotnomani olish jarayonlari soddalashtirilgan, vaqti esa qisqargan. Ya’ni bugun ana shu ishga kirishgan odam sog‘lig‘ida muammo bo‘lmasa, ya’ni 083/h shaklidagi tibbiy ma’lumotnomani olish uchun tibbiy moneliklar bo‘lmagan taqdirda, ertasiga ma’lumotnomani qo‘liga oladi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi
O‘zbekiston | 13:31
-
Husiychilarning hujumi, Tramp va Putin muloqotiga tayyorgarlik va Ozodlik haykalini qaytarishni so‘ragan fransuz - kun dayjesti
Jahon | 13:16
-
Ikkilamchi avtomobil bozori: Lacetti, Cobalt, Spark va Onix narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 12:42
-
«Begonalar zulm qilgani yo‘q, ammo o‘zimiznikilardan yordam kutmay qo‘ygandik» - sudjaliklar
Jahon | 12:32
Mavzuga oid

10:28 / 26.02.2025
Bolalarni bog‘chaga qabul qilishda qanday tibbiy ma’lumotnomalar talab qilinadi?

16:42 / 25.02.2025
Haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganlar profilaktik hisobga olinadi

18:37 / 20.01.2025
Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma olganlarning haydovchilik guvohnomalari 1 yil amal qiladi

21:59 / 31.10.2024