Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qibrayda qariyb 310 mln so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxona aniqlandi
Toshkent viloyatida 309,3 million so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxona aniqlandi.
Foto: Hududgazta’minot
“Hududgazta’minot” xabar berishicha, respublikaning barcha hududida tabiiy gaz ta’minotidagi noqonuniy holatlarni aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Toshkent viloyatining Qibray tumanida “Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd jarayonida qonunbuzilish holati fosh etildi.
Tumanning “Obod” MFYda yashovchi fuqaro M.R. o‘z xonadonida issiqxona tashkil qilib, loyiha-texnik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, tabiiy gaz quvuriga gaz hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, zangori yoqilg‘idan noqonuniy foydalanib kelgan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 309 million 348 ming so‘mlik zarar aniqlandi. Bu bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
19:41 / 03.05.2026
O‘zbekistonda joriy yilda 4,3 mlrd kVt soat elektr va 2,8 mlrd metr kub gazni tejash maqsad qilindi
11:12 / 21.04.2026
Gaz uchun qancha to‘laysiz va to‘lov qanday hisoblanadi?
22:27 / 14.04.2026