Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentga yana 1000 ta Yutong avtobuslari olib kelinishi mumkin
Toshkent shahriga yana 1000 ta Yutong avtobuslarini olib kelish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.
Transport vazirligi ma’lum qilishicha, vazir Ilhom Mahkamov Xitoyning Yutong Bus kompaniyasining xalqaro marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Tsyuy Pen bilan uchrashib, O‘zbekistonda jamoat transporti tizimini rivojlantirish jarayonida harakat tarkiblarini yangilash borasidagi vazifalarni muhokama qildi.
Xususan, tomonlar 200 ta elektrobus sotib olish loyihasini amalga oshirishning hozirgi holatini, shuningdek, Toshkent shahri uchun yana 1000 ta avtobus sotib olish bo‘yicha istiqbolli loyiha yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, xususiy tadbirkorlar tomonidan elektrobuslarni sotib olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq jihatlar atroflicha muhokama etildi.
Transport vaziri O‘zbekistonda foydalanilayotgan Yutong kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan avtobus va elektrobuslar soni ortib borayotganidan kelib chiqib, kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan servis xizmatlarini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
08:39
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
17:13 / 29.04.2026
Toshkentda yo‘lovchilarga qo‘pol muomala qilgan avtobus haydovchisi ishdan olindi
09:44 / 19.04.2026