Vashington sudi Trampga xorijiy yordamni tiklash majburiyatini yukladi
Donald Trampning AQShning xorijiy dasturlarini 90 kunga muzlatib qo‘yish haqidagi farmoni bekor qilinishi kerak, deb qaror qildi sud. Bu USAID'ni moliyalashtirishni to‘xtatish bilan bog‘liq birinchi qarordir, deya aniqlik kiritadi AR agentligi.

Foto: REUTERS
Vashington okrug sudi Tramp ma’muriyatiga xorijiy yordam dasturlarini 90 kunga muzlatib qo‘ygan buyruqni bekor qilishni va bunday dasturlarni qaytadan boshlashni buyurdi. Bu haqda 13 fevral, payshanba kuni kechqurun Associated Press (AR) xabar berdi. Unga ko‘ra. bu AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ni moliyalashtirishni to‘xtatish bilan bog‘liq birinchi qarordir.
Federal sudya Amir Ali xorijda «to‘satdan yopilish tashkilotlarga yetkazgan katta zararni» inobatga olib, ikki xalqaro tashkilot, OITSga qarshi vaksinani himoya qilish koalitsiyasi va USAID'dan moliyalashtiriladigan Global sog‘liqni saqlash kengashi tomonidan berilgan da’voni vaqtinchalik qanoatlantirishga qaror qildi, deb xabar beradi AR.
Tramp ma’muriyati rasmiylari avvalroq bunday moliyalashtirish dasturlarini ko‘rib chiqish va davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun ularni tugatish zarurligini ta’kidlagan edi. Ammo ular nima uchun chet el yordamini butunlay to‘xtatish yagona oqilona yechim ekanligi borasida «hech qanday tushuntirish bermadi» va moliyalashtirish to‘xtatilganida yopilish arafasida turgan ko‘plab kichik va yirik tashkilotlarni e’tiborsiz qoldirishga asos borligini ko‘rsata olmadi, dedi sudya Ali.
AQSh sudi USAID xodimlarini majburiy ta’tildan qaytardi
7 fevral kuni Kolumbiya okrugidagi AQSh okrug sudi sudyasi ma’muriyatning USAID'ning 2700 ga yaqin xodimini ma’muriy ta’tilga chiqarish rejalarini to‘xtatdi. Bundan tashqari, allaqachon ta’tilga yuborilgan 500 nafar xodim ish joyiga qayta tiklanishi kerak.
Amerika matbuotiga ko‘ra, Vashingtondagi sudya Karl Nikols shu tariqa bunday xatti-harakatlarning noqonuniyligi haqida sudga da’vo qilgan ikki kasaba uyushmasiga yon bosgan. U Tramp ma’muriyati harakatlarining qonuniyligini aniqlash uchun dalillarni tez ko‘rib chiqish maqsadida Vashingtonning rejalarida 14 fevralgacha tanaffus olishni buyurdi.
Kasaba uyushmalari da’vosida aytilishicha, AQSh hukumatining USAID faoliyatiga aralashish harakatlari «USAID xodimlari, grant oluvchilar va pudratchilarning muhim ishlarini keskin to‘xtatib, minglab ish o‘rinlarini yo‘qotib, global gumanitar inqirozni keltirib chiqardi» va «AQSh milliy xavfsizlik manfaatlariga xavf tug‘dirdi». Hujjatda faqat Kongress USAID'ni tarqatib yuborishi mumkinligi, Tramp ma’muriyatining harakatlari «konstitutsiyaga zid va noqonuniy» ekanligi ta’kidlangan.
Avvalroq Donald Tramp USAID'ning barcha loyihalarini 90 kunga muzlatib qo‘ygan va agentlikni tarqatib yuborish niyatida ekanini, deyarli barcha xodimlarini ishdan bo‘shatishni rejalashtirganini ma’lum qilgan edi: Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab ishlayotgan 10 ming kishidan atigi 290 nafarini – sog‘liqni saqlash va gumanitar yordamga ixtisoslashganlarni qoldirish mo‘ljallangan, dedi The New York Times nashriga anonim manbalar. Tramp ma’muriyati USAID'ni nafaqat isrofgarchilikda, balki «Al-Qoida» va Afg‘onistondagi giyohvand moddalar ishlab chiqarish bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishda ham aybladi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
O‘zbekiston | 19:08 / 12.03.2025
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi
Jahon | 14:35 / 12.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nukusda propan gaz tashuvchi yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Jamiyat | 19:40
-
«Har bir tizimda bunaqalar bor» – IIV mas’uli nopok xodimlar haqida
O‘zbekiston | 19:36
-
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19
-
HAMAS garovdagi isroillikni ozod etishga va to‘rt kishining jasadini qaytarishga rozi bo‘ldi
Jahon | 19:11
Mavzuga oid

19:08
AQSh senatorlari Trampning Tesla tadbiridagi ishtirokini tekshirishga chaqirmoqda

18:03
Tramp Pentagonga Panama kanalini egallash bo‘yicha harbiy reja tayyorlashni buyurdi

14:56
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi

23:23 / 13.03.2025