Jamiyat | 08:00 / 18.02.2025
3359
1 daqiqa o‘qiladi

Nukus ko‘chasida Lacetti va Malibu-2 o‘zaro to‘qnashdi

Joriy yilning 18 fevral kuni soat 00:35 larda Yakkasaroy tumani Nukus ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Lacetti rusumli transport vositasi va Malibu-2 rusumli transport vositasi o‘zaro to‘qnashuvi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid