Kun so‘rovi: bir oyda qancha kartoshka sotib olasiz?
Kun.uz muxbiri 12 fevral kuni Farg‘ona shahridagi dehqon bozorida kichik so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda ishtirok etganlardan 1 oy davomida necha kg kartoshka sotib olishlari so‘raldi.
So‘rovnomada ishtirok etgan aksariyat aholi kartoshkaning qimmatlashib ketishi ortidan ushbu mahsulotni kam sotib olayotganini aytgan bo‘lsa, yana ko‘pchilik Qirg‘izistondan kirib keladigan kartoshka o‘rniga Pokiston kartoshkalarini xarid qilishga o‘tganini bildirdi.
Ayni paytda Farg‘ona shahridagi dehqon bozorida qirg‘iz kartoshkasining 1 kilogrammi 9-10 ming so‘mdan, Pokiston kartoshkasi esa 7-8 ming so‘mdan sotilyapti.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilib boradigan ma’lumotlarga ko‘ra, 4 yanvardan 21 yanvargacha bo‘lgan muddatda Yangi Qo‘yliq dehqon bozorida kartoshkaning minimal ulgurji narxi 3500 so‘mdan 6500 so‘mgacha yoki 85 foizga, maksimal narxi esa 6200 so‘mdan 8500 so‘mgacha yoki 37 foizga qimmatlashgan.
18 yanvardan boshlab Qozog‘iston qator mamlakatlar, xususan, O‘zbekistonga kartoshka eksportini 6 oyga to‘xtatgan edi. Bunga Qozog‘istonning o‘zida ushbu mahsulot narxi oshib ketgani sabab sifatida keltirilgan.
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakatda kartoshkaga bo‘lgan yillik ehtiyoj 4 million tonnani tashkil etadi. 2024 yilda 3,7 million tonna kartoshka yetishtirilgan bo‘lib, shundan 600 ming tonnasi keyingi mavsumda ekish uchun urug‘lik sifatida zaxira qilingan, tabiiy yo‘qotish taxminan 100 ming tonna (3%) bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 00:43
-
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi
Jahon | 00:22
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
Mavzuga oid

21:10 / 28.02.2025
Lukashenko kartoshka narxining oshishiga aloqador barchani «haydashni» talab qildi

16:07 / 28.02.2025
Qaysi soha vakillari daromadlari oshishini ko‘proq kutyapti?

14:45 / 08.02.2025
Kun so‘rovi: O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini qaysi tashkilotlar himoya qiladi?

16:49 / 31.01.2025