Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar idoralari xodimlaridan qanchalik rozisiz?
Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan tizim sifatini yaxshilash, xodimlarning aholi bilan munosabatlarida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Sizning fikringiz xalqchil ichki ishlar organlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Foto: IIV
So‘nggi vaqtlarda IIV tizimidagi xodimlarning harakatlariga nisbatan norozilik holatlari uchrab turgani rost. Vazirlik bunday holatlarga befarq bo‘lmagan holda, xodimlarning noqonuniy harakatlariga nisbatan jiddiy ta’sir choralarini ko‘rmoqda.
Masalan, endilikda ichki ishlar organlari xodimlarining noo‘rin xatti-harakatlari norozilik mazmunida kelib tushgan har bir murojaat “favqulodda holat” deb hisoblanishi belgilandi. Qolaversa, ko‘plab xodimlar noqonuniy va noo‘rin harakatlari sababli ishdan bo‘shatildi. Ammo tizimda noprofessional kadrlar hamon uchramoqda.
Shu sababli, Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan tizim sifatini yaxshilash, xodimlarning aholi bilan munosabatlarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
O‘z xavfsizligingiz va tinch hayot kechirishingiz uchun mas’ul bo‘lgan kuch tuzilmasi faoliyati yanada yaxshilanishini istasangiz befarq bo‘lmang, so‘rovnomada faol ishtirok eting va fikr mulohazalaringizni yozib qoldiring.
So‘rovnomada ishtirok etish uchun:
👉 havola
Mavzuga oid
15:49
“Davlat organlariga ishonch yo‘qligi sabab ulardan qahramon yasashdi” – faollar Taftish.uz ishi haqida
19:53 / 16.01.2026
Taftish.uz saytining 5 xodimi qo‘lga olindi. Ular tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarida ayblanmoqda
17:54 / 09.01.2026
“Prezidentni o‘g‘irlash normal emas” – o‘zbekistonliklar Venesueladagi operatsiyani qanday kuzatdi?
09:00 / 28.12.2025