Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida Malibu-2 haydovchisi va yo‘lovchisiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahar IIBB YHXB Yashnobod tumanida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 23 fevral kuni soat 01:30 larda Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasida Malibu-2, Cobalt, BYD va Onix transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
YTH oqibatida Malibu-2 rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Andijonda ikkita Nexia-2, Lab ova SWM G01 transport vositalari ishtirokida avariya sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:42 / 13.03.2026
Nyu-Yorkdagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
22:21 / 12.03.2026
“Yechim – tezlikni tushirish” - hokim o‘rinbosari Toshkentda YTHlar ko‘pligi haqida
12:56 / 12.03.2026
Toshkentda BRT yo‘lagida avtobus va yengil avtomobil to‘qnashdi
17:56 / 10.03.2026