Pokiston bilan hamkorlik O‘zbekiston uchun qay darajada muhim?
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu ikki mamlakatning o‘zaro aloqalari tarixi va hamkorlikning ahamiyati haqida siyosatshunos Sayfiddin Jo‘rayev fikr yuritdi.

O‘zbekiston tashqi siyosati va diplomatiyasi shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Bu jarayon mamlakat rivojlanishining yangi bosqichiga chiqib olganidan, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni kengaytirish uchun xalqaro hamjamiyatning ishtirokchilari bilan faol aloqalar o‘rnatish orqali investitsiyalarni olib kirish, o‘zaro savdo-sotiqni kengaytirishni kun tartibiga qo‘ygan. Bu borada Pokiston bilan an’anaviy aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni yangi vaziyatdan kelib chiqib, kun tartibini aniqlashni dolzarb masalaga aylantirdi.
Pokiston O‘zbekiston mustaqilligini 1991 yil 20 dekabrda tan olgan. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 10 mayda o‘rnatilgan. Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi 1992 yilning iyun oyida ochilgan, O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasi esa 1994 yil iyul oyidan buyon faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda Pokiston sarmoyasi ishtirokida 207 ta korxona faoliyat ko‘rsatyapti. Ular asosan savdo, to‘qimachilik, qog‘oz, charm, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, transport va turizm xizmatlarini ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritadi.
Bugungi rasmiy tashrif davomida oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston—Pokiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Shuningdek, savdo-sotiq hajmini oshirish, transport bog‘liqligini kuchaytirish va tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yengil va charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, elektrotexnika va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish borasidagi qo‘shma rejalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.
Shu bilan birga, madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini faollashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish va ishbilarmonlik dasturi doirasida ikki davlat yetakchilarining qo‘shma biznes forumda ishtirok etishi kutilmoqda. Qo‘shma deklaratsiya va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

15:17 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat

15:00 / 05.11.2023
“Turkiy davlatlar tashkiloti ham dunyoning bir qutbiga aylanadi” – ekspert

12:15 / 19.07.2023
O‘zbekiston tashqi siyosat vektori qanday shakllanishi kerak?

20:05 / 14.07.2023