Globallaşuv jarayonida Turkiy davlatlar taşkilotining örni ösib boryapti. 3 noyabr Qozoğiston Ostona şahrida taşkilotning navbatdagi sammiti bölib ötdi. Kun.uz sammitda yangragan bayonotlar va muhim kelişuvlarni tahlil qiliş uçun siyosiy tahlilçi Sayfiddin Jörayevga yuzlandi.
— Ostonadagi sammit ayni dunyoda geosiyosiy tartibot özgarib borayotgan paytda böldi. Şunday vaziyatda Turkiy davlatlar taşkilotining örni qay darajada va qanday rivojlanyapti?
— Dunyo özgariş jarayonida, aniq tartibot yöq. Hali bu jarayonlar oqibati nima bilan tugaşi noma’lum. Şu nuqtai nazardan har bitta davlat öz manfaatlaridan kelib çiqib, öz örniga ega bölişga harakat qilyapti.
Turkiy davlatlar taşkilotiga kiruvçi davlatlarning joylaşuvi, geosiyosiy, strategik ahamiyati juda ham muhim, tarixan ham şunday. Ma’lum bir davrlarda dunyo tartibotlarini boşqargan bu davlatlar. Katta davlatçilik tarixiga ega.
Turkiy davlatlar ham bir qutbga aylanadi. Turkiya Yevropa va Osiyoni birlaştiruvçi nuqtada joylaşgan. Keyingi yillarda iqtisodiy rivojlaniş oşib boryapti. Turkiya aholi soni ham köpaymoqda. Turkiya aholisida yuqori texnologik bilimlarga ega odamlar köp, bundan taşqari, özgaça vatanparvar xalq hisoblanadi.
Ozarboyjon. Kavkaz mintaqasi doim dunyo siyosatida muhim rol öynagan, Yevropa va Markaziy Osiyoni boğlovçi hudud. Rossiya, Eron kabi davlatlar bilan çegaradoş. Neft-kon sanoati rivojlanyapti. Umuman, katta strategik ahamiyatga ega davlat Ozarboyjon ham.
Markaziy Osiyo. Mintaqamiz Yevropa va Janubi-Şarqiy Osiyoni boğlovçi hudud. Ikki katta kuç markaziga yaqin joylaşganmiz. Dunyoda tartibot özgargan sari Osiyoga munosabat, roli oşib boryapti. Transport koridorlari nuqtai nazardan turkiy davlatlar eng köp tranzit hududiga ega. Markaziy Osiyo, Ozarboyjon, Turkiya yönalişi eng muhim koridor. Bundan keyin bu tranzit ahamiyati oşib boraveradi.
SSSR davrida turkiy davlatlar ajratib qöyilgan edi. Hozir esa madaniy, gumanitar birlaşiş yuz beryapti. Şuning uçun ham bu taşkilot yuzaga keldi. Taşkilotga Özbekiston qöşilişi juda muhim voqelik böldi. Butun dunyo ekspertlari ham şuni ta’kidlaydi.
— Transport koridorlari haqida gaplaşsak. Bu böyiça qanday masalalar bor va qançalik ahamiyatli?
— Quruqlikdagi transport koridorlarining ahamiyati katta bugun. Turkiy davlatlar rivojlanişida, iqtisodida katta ösiş kuzatilyapti. Yangi iqtisodiyotning talabi esa — transport koridorlari. Transport koridori degani umumiy tuşunça, bunga temiryöl ham, havo yöllari, avtoyöllar ham kiradi. Bundan taşqari, dunyoda ijobiy ma’nodagi migratsiyaga ehtiyoj katta. Faqat yuk emas, insonlar uçun ham bu yöllar ahamiyatli. Iqtisoddan taşqari ijtimoiy masalalarda ham ahamiyatli. «Buyuk ipak yöli» konsepsiyasi oldindan ham bor edi özi.










