Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunlar normalarining aniq va bir xil qo‘llanishi ta’minlanadi
Yangi qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga va «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi.
«Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga va «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunga Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining jinoyat ishlari bo‘yicha tergovni yuritish borasidagi vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Bundan tashqari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Budjet kodekslariga Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati organlarining vakolatlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining zimmasiga yuklatilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
21:53 / 18.05.2026
Sotuvchi xaridorning qonuniy talabini bajarmasa, elektron platforma zimmasiga ham mas’uliyat yuklanadi
21:46 / 18.05.2026
Avtomobil odometrini o‘zgartirib, bu haqda xaridorni ogohlantirmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi
21:12 / 14.05.2026
Issiqxonani isitishda mazut, bitum va shina yoqqanlik uchun jarimalar belgilandi
12:21 / 09.05.2026