Ukraina dronlari Tuapsedagi dengiz portiga hujum qildi
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Krasnodar o‘lkasiga zarba berdi. Tuapse aholisi portlashlar aks etgan videolarni joylashtirmoqda. Rossiyaning Telegram-kanallari Anapa va Qrim osmonida portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabar bermoqda.

Foto: SERGEI SUPINSKY/AFP
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari 26 fevral, chorshanbaga o‘tar kechasi Krasnodar o‘lkasiga hujum qildi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, nishon Qora dengiz sohilidagi Tuapse porti bo‘lgan.
Rossiya hukumati Ukraina qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchoqlari tinch aholi nishonlariga hujum qilgani haqida e’lon qildi. Gubernator Veniamin Kondratev Telegramʼda Tuapse va Temryuk rayonida xususiy uylar shikastlangani, biroq qurbonlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Shahar aholisi ijtimoiy tarmoqlarda Tuapse dengiz portiga qilingan hujum haqida yozmoqda, portlashlar aks etgan videolarni joylashtirmoqda. Videolardan birida buzilgan turar joy binosi aks etgan.
Anapa uzra portlashlar
Rossiya Telegram-kanallari Anapa osmonida ham havo hujumidan mudofaa kuchlari ishlayotgani taxmin qilinayotgan portlashlar haqida xabar bermoqda. Sochi aeroportida «Kover» rejasi joriy etildi, reyslarni qabul qilish va jo‘natish vaqtinchalik to‘xtatildi.
Qrimning Rossiya tomonidan tayinlangan «hokimiyati» ham UUA hujumi haqida xabardor qilgan. Qora dengiz uzra to‘rtta dron urib tushirildi.
Ayni vaqtda Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya, Qrim hamda Qora va Azov dengizlari akvatoriyasi ustida 128 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilingani haqida xabar berdi. «Krasnodar o‘lkasi hududida 83 ta UUA, Qrim Respublikasi hududida 30 ta UUA, Azov dengizi suvlarida sakkizta, Qora dengiz suvlarida beshta, Bryansk va Kursk oblastlari hududlarida bittadan UUA urib tushirildi», — deyiladi idora xabarida.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
-
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 22:35 / 25.05.2025
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46 / 25.05.2025
Mavzuga oid

10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi

11:57 / 08.05.2025
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi

14:51 / 07.05.2025
Moskva aeroportlarida kollaps: dronlar hujumi tufayli aviakompaniyalar o‘nlab reyslarni kechiktirdi va bekor qildi

08:51 / 06.05.2025