Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Qoraqalpog‘iston va ikki viloyatda 1 mlrd so‘mdan ziyod qiymatli tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Holatlardan biri Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. “A.S.” MChJ mas’ul shaxslari “Paxtakor” MFY hududidagi ma’muriy binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 425,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Departamentning Quva tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa “Q.A.” MChJ rahbari R.X. muzlatkich binosida tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 387,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi departamentning Qonliko‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Beruniy tumanidagi YaTT “E.G.” savdo do‘konida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 360,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
16:17 / 26.10.2025
Fransiyada Luvrni tunashda gumonlanuvchilar qo‘lga olindi
14:13 / 26.10.2025
5,2 mlrd so‘m qiymatdagi valutalar Tojikistonga olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
11:34 / 25.10.2025