Holatlardan biri Boş prokuratura huzuridagi departamentning Andijon şahri bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. “A.S.” MÇJ mas’ul şaxslari “Paxtakor” MFY hududidagi ma’muriy binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanişdagi tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan töğridan-töğri ulanib, 425,9 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Departamentning Quva tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda esa “Q.A.” MÇJ rahbari R.X. muzlatkiç binosida tijorat maqsadida özboşimçalik bilan elektr tarmoğiga töğridan töğri ulanib, 387,5 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Şu kabi departamentning Qonliköl tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda Beruniy tumanidagi YaTT “E.G.” savdo dökonida tijorat maqsadida umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanib, 360,2 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












