Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Maltadagi birinchi elchisi tayinlandi
Abat Fayzullayev Malta prezidenti Miriam Spiteri Debonoga ishonch yorliqlarini topshirdi.
O‘zbekistonning Maltadagi birinchi elchisi Abat Fayzullayev (qarorgohi Rim shahrida joylashgan) ushbu mamlakat prezidenti Miriam Spiteri Debonoga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Tantanali tadbirdan so‘ng bo‘lib o‘tgan qisqacha muloqot chog‘ida Malta va O‘zbekiston geografik jihatdan bir-biridan olisda joylashgan bo‘lsa-da, o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qilayotgani qayd etilgan.
Uchrashuvda xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, BMT va YeXHT doirasidagi o‘zaro tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga alohida urg‘u qaratilgan.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi bir yil ichida ikki tomonlama munosabatlarda yangi dinamika kuzatilgan. Xususan, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari 2024 yil sentabr oyida Nyu York shahrida BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishi doirasida ilk bor samarali uchrashuv o‘tkazgan. Joriy yil yanvar oyida Maltaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi (qarorgohi Moskva shahrida joylashgan) tayinlangan, shuningdek, Valletta shahrida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi davrasi bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Abat Fayzullayev 2023 yil noyabr oyidan buyon O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi va Rimdagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili hamda 2024 yil dekabr oyidan boshlab O‘zbekistonning Kiprdagi elchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Mavzuga oid
17:16 / 01.06.2026
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
22:09 / 16.05.2026
Dunyodagi ilk davlat barcha fuqarolarga ChatGPT Plus’dan bepul foydalanish imkonini beradi
08:54 / 18.03.2026
Toskana prezidenti iyul oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi
11:03 / 19.09.2025