Özbekistonning Italiyadagi elçisi Abat Fayzullayev Florensiya şahrida Toskana hududi prezidenti Eudjyenio Jani bilan uçraşuv ötkazdi.
Muloqot çoğida tomonlar bölajak taşrif dasturini muhokama qilib, Toskana va Buxoro viloyati örtasida iqtisodiy, investitsiyaviy, savdo va madaniy sohalarda hamkorlik töğrisidagi memorandumni imzolaş masalasini körib çiqişdi.
Qayd etilganidek, mazkur hujjat hududlararo aloqalarni institutsional asosda rivojlantiriş, işbilarmonlik va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirişga xizmat qiladi.
Şuningdek, Italiya delegatsiyasining Özbekistonga taşrifi doirasida Toskananing yetakçi kompaniyalari va biznes hamjamiyati vakillari iştirokida qator uçraşuvlar hamda biznes-forum taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Delegatsiya tarkibiga töqimaçilik, çarm sanoati, farmatsevtika, maşinasozlik, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş, logistika va sertifikatlaş sohalarida faoliyat yurituvçi kompaniyalar vakillarini jalb etiş közda tutilgan.
Uçraşuvlar davomida taşrif kun tartibi, delegatsiya tarkibini şakllantiriş, biznes-forum ötkaziş hamda Buxoro, Samarqand va Florensiya şaharlari örtasida madaniy hamkorlikni kengaytiriş masalalari ham muhokama qilindi.









