Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda bir oilada yetti nafar o‘zbekistonlik is gazidan vafot etdi
Halok bo‘lganlarning besh nafari - voyaga yetmaganlar. Dastlabki versiyalarga ko‘ra, fojia gaz uskunasidan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yuz bergan.
Qozog‘istonning Mang‘istov viloyati Basquduq qishlog‘idagi uyda bir oilaning yetti a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2 mart kuni Basquduq qishlog‘ida bir oilaning is gazidan zaharlanishi bilan bog‘liq holat yuz bergan. Hodisa joyiga yetib borgan qutqaruvchilar va tez yordam xizmati brigadasi yetti kishining jasadiga duch kelgan bo‘lib, ularning besh nafari voyaga yetmagan shaxslardir.
Mang‘istov viloyati Favqulodda vaziyatlar departamentining dastlabki versiyasiga ko‘ra, fojia gaz uskunasidan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yuz bergan. Aniqlanishicha, halok bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, Qozog‘istonda vaqtincha yashab kelgan.

Favqulodda holat sabablarini aniqlash uchun komissiya tuzilgan, unga Mang‘istov viloyati hokimining o‘rinbosari raislik qilmoqda.
«Halok bo‘lganlarning qarindoshlariga har tomonlama, jumladan, ularni dafn etishda yordam ko‘rsatiladi. Vaziyat viloyat hokimining shaxsan nazorati ostida», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026
To‘qayev va YeI yetakchilari hamkorlikning yangi bosqichini boshladi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:21 / 22.06.2026