Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyotda xususiy sektorning roli yanada oshiriladi
“Iqtisodiyotda raqobatni rivojlantirish va xususiy sektorning rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Mulkchilik shaklidan qat’i nazar bir yoki bir nechta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va davlat tashkilotlariga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish) yoki sotish yoxud sotib olish, shuningdek, yagona operatorlik xizmatlarini ko‘rsatish uchun quyidagilar asosida taqdim etilgan mutlaq huquq eksklyuziv huquq sifatida e’tirof etiladi:
🔹qonunchilik hujjatlari bilan istisno tariqasida berilgan ruxsat (huquq);
🔹umumiy tartibdan tashqari ravishda berilgan yakka tartibdagi litsenziya (ruxsatnoma).
Bunda tanlov (tender) asosida taqdim etilgan litsenziyalar (ruxsatnomalar) eksklyuziv huquq sifatida e’tirof etilmaydi.
2025 yil 1 apreldan eksklyuziv huquq xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga qonunlar va prezident farmon va qarorlari bilan 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga faqat quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
▪️ konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, O‘zbekiston mudofaa qobiliyatini, davlat va jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash;
▪️ tabiiy ofatlar, halokatlar va epidemiyalarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish.
Mavzuga oid
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
10:53 / 24.04.2026
Yevrozonada biznes faolligi pasaydi: xarajatlar bosimi kuchaymoqda
17:06 / 18.04.2026
Eron urushi ta’siri va naqdsiz to‘lov mantiqsizliklari - Behzod Hoshimov bilan suhbat
08:04 / 04.04.2026