Jamiyat | 17:16 / 04.03.2025
2096
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritiladi

Yo‘lovchi oqimi va fuqarolar murojaatlari inobatga olingan holda yo‘nalishlar tartibga solinadi.

2025 yil 5 martdan boshlab, yo‘lovchi oqimi va fuqarolar murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritiladi, deb xabar berdi Transport vazirligi.

Jumladan,

- 29-sonli “Huvaydo mahallasi – Paxtakor metrosi” — Beruniy va Al-Xorazmiy ko‘chalari kesishmasidan chapga burilib harakatlanadi;

- 120-sonli “Chorsu metrosi – Guliston mahallasi” — Chorsu metrosidan Guliston mahallasiga borishda va qaytishda A.Navoiy ko‘chasi orqali harakatlanadi;

- 105-sonli “Sergeli qo‘rg‘oni – Chilonzor buyum bozori” — Xonobod ko‘chasidan harakatlanadi, Ulgurji bozoriga kirmaydi;

- 117-sonli “Toshkent quvur zavodi – Fud Siti” — Toshkent quvur zavodidan kelishda Ulgurji bozori orqali harakatlanadi;

- 154-sonli “Bobur mahallasi – Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi” — Bobur mahallasidan THAY va Yangi Sergeli ko‘chalari orqali harakatlanadi;

- 87-sonli “Al-Xorazmiy mavzesi – Qoraqamish 2/4 mavzesi” — Guliston, Poygoh, Qurilish, Qovunchi ko‘chalari orqali Chilonzor 30-dahasi bekatigacha harakatlanadi.

- 17T-sonli “Bekobod mavzesi – Chilonzor buyum bozori” — Chilonzor buyum bozoridan kelishda Beshqayrag‘och, Bekobod, Istirohat ko‘chalari orqali harakatlanadi;

- 99-sonli “Suvsoz mavzesi – Farhod bozori” — Suvsoz mavzesidan kelishda Kichik halqa yo‘li, Lutfiy va Farhod ko‘chalari orqali harakatlanadi.

- 12-sonli “Qo‘yliq dehqon bozori – Qushbegi mavzesi” — Qushbegi mavzesidan Kichik halqa yo‘li va Bobur ko‘chalari orqali Xalqaro Aeroport-2 bekatigacha harakatlanadi.

- 174-sonli “Aviasozlar AShB – Jumabozor qo‘rg‘oni” — Jumabozor AShBdan Jumabozor qo‘rg‘oni bekatigacha uzaytiriladi.

Mavzuga oid