Hududlarni sektorlarga bo‘lib boshqarish amaliyoti bekor qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuratura, ichki ishlar va soliq idoralari shug‘ullanmasligini aytdi. Ularning o‘rniga endilikda bosh vazir o‘rinbosarlari o‘ziga tegishli sohalar bilan o‘z kuchi va tizimi bilan shug‘ullanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuror, ichki ishlar va soliq shug‘ullanmasligini ta’kidladi. Bu haqda davlat rahbari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning 5 mart kuni bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishi gapirdi, deya xabar bermoqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
«Sakkiz yil avval hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi. Bu tizim yillar davomida yig‘ilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etib, vaziyatni o‘nglash uchun barcha kuchlarni safarbar etishga ko‘maklashdi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident shu bilan birga so‘nggi yillarda hududlar salohiyati bir necha karra oshganiga qaramay, keyingi paytda prokuror, ichki ishlar va soliq rahbarlari sektorni bahona qilib, sohasidagi ishlarni susaytirib yuborganini tanqid qildi.
Shuningdek, davlat rahbari har bir mahallaga profilaktika inspektori biriktirilganini, lekin tuman ichki ishlar bo‘limlarining yangi tizimda ishlashi kuzatilmayotgani, profilaktika inspektori faoliyatiga baho berilmayotganini qayd etib o‘tdi.
«Ba’zi ichki ishlar boshqarmalari va bo‘limlari rahbariyati og‘ir mahallalar bilan tizimli shug‘ullanmayapti, ularning professionalligi va mehnatga sadoqati sezilmayapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident, shuningdek, soliq idoralari xodimlari har bir mahallaga biriktirilgani bilan tushumlar keskin oshmagani qayd etdi.
«Masalan, minglab korxona hisobotlarida birorta ham xodim yo‘q deb ko‘rsatgan bo‘lsa, yana minglab korxona 2 yoki 1 nafar ishchi ko‘rsatmoqda. Bu soliq idoralari yashirin iqtisodiyot bilan sust ishlayotganidan dalolat», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari, shuningdek, insofli tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i 7 kun ichida qaytarib berilishi belgilanganini, biroq, soliq rahbarlari tadbirkorlarning 487 mlrd so‘mlik 2,5 mingga yaqin murojaatini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaganini aytdi.«Bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuror, ichki ishlar va soliq shug‘ullanmaydi. Ularning o‘rniga endilikda bosh vazir o‘rinbosarlari o‘ziga tegishli sohalar bilan o‘z kuchi va tizimi bilan shug‘ullanadi», — dedi prezident.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev kambag‘allik, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik bo‘yicha islohotlarda har bir insonga yetib boradigan ish tashkil etilayotganini aytdi. U endi bu ish uslubi tuman va mahallada jinoyatchilikni jilovlash, korrupsiyani oldini olish bo‘yicha ham joriy qilinishini qayd etdi.
«Nima uchun buni aytyapman? Chunki, jinoyatchilik jilovi mahkam bo‘lgan, xavfsiz joyga investor ko‘proq mablag‘ kiritadi, odamlarimizning ishonchi yanada ortadi», — dedi prezident.
Tumanda jinoyatchilikni jilovlashga hokim bosh bo‘ladi
Davlat rahbari prokuratura, ichki ishlar, soliq rahbarlari sektor ishidan ozod qilish bu — eski davrga qaytish, degani emasligini aytdi.
«Prokuratura, ichki ishlar, soliq rahbarlari yaxshilab eshitib olsin: sektor ishidan ozod qilish bu – eski davrga qaytib, aholi va tadbirkorlarga har qadamda to‘siq, korrupsiyaga sharoit yaratish, degani emas», - dedi davlat rahbari.
Tumanda jinoyatchilikni jilovlashga hokim bosh bo‘lib, barcha ishlarni muvofiqlashtirishi, uning bu boradagi o‘rni hech qayerga yo‘qolmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Har haftada prokuror va ichki ishlar boshlig‘i bilan hududdagi vaziyatni muhokama qilib borishi shart va zarurligi qayd etildi.
Bosh prokuratura, Ichki ishlar, DXX akademiyalari, Yuridik va Jamoat xavfsizligi universitetlariga jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha hudud va sohalar biriktirilgan edi. Lekin ular kriminogen vaziyat murakkab mahallalarga olimlarini yubormayotgani, ushbu mahallalarni namunali qilishda jonbozlik ko‘rsatmayotganiga e’tiroz bildirildi.
Milliy kengash har chorakda ushbu oliygohlar rahbarlaridan ham hisobot so‘rab borishi kerakligi ta’kidlandi.
Umuman, Senat kamida 1 ta hududda jinoyatchilikni keskin qisqartirish bo‘yicha, Qonunchilik platasi esa kamida 1 ta sohada korrupsiyaga barham berish bo‘yicha takliflar berib borishi bu boradagi ishlar natijadorligini yanada oshirishiga ishonch bildirildi.
Bundan buyon, vazir va hokimlar lavozimga qo‘yilishidan oldin korrupsiyani oldini olish bo‘yicha aniq rejasini parlament va mahalliy kengashlar oldida himoya qiladigan tizim joriy etish taklif qilindi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Maskning sa’y-harakatlari AQSh federal xarajatlarini qisqartira olmadi
Jahon | 18:20
-
Urushning oxiri yaqinmi? Nega Ukraina va Rossiyaga tinchlikka erishish shunchalik qiyin?
Jahon | 18:12
-
Putin: «Kurskda asir tushganlarga terrorchilardek munosabatda bo‘linadi»
Jahon | 18:08
-
Parij ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berildi
O‘zbekiston | 17:56
Mavzuga oid

17:56
Parij ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berildi

17:53
Kutilmagan tuhfa, oliy mukofot, o‘zbekcha gapirgan Makron - O‘zbekiston–Fransiya munosabatlarida yangi sahifa

17:10
Shon-sharafning eng yuqori belgisi: Fransiyaning Faxriy Legion ordeni qanday mukofot?

16:01