Xitoyda Buyuk Xitoy devoridan ham qadimiyroq devor topildi
Xitoyda ishlayotgan arxeologlar kutilmagan topilmaga duch keldi - ular tog‘ dovonlaridan birida taxminan 2800 yil avval qurilgan qadimiy mudofaa devorini aniqladi.

Foto: Jinan Daily
Bu noyob inshoot Xitoyda birinchi imperator hukmronligidan ham oldinroq barpo etilgan. U Shandun provinsiyasi sharqidagi tor tog‘ yo‘lagidan o‘tadi.
Olimlar topgan devorning kengligi dastlab taxminan 10 metr bo‘lgan, biroq Urishayotgan podshohliklar davrida (miloddan avvalgi 475-221 yillar) u sezilarli darajada mustahkamlanib, qurib bitkazilgandan so‘ng, uning kengligi 30 metrga yetgan. Devor bo‘laklaridan tashqari, tadqiqotchilar uy-joy, yo‘l va xandaqlar qoldig‘ini, shuningdek, hayvon suyaklari hamda o‘simlik qoldiqlarini topdi. Ushbu topilmalar mudofaa inshootining yoshini aniqlash imkonini berdi.
Ba’zi ommaviy axborot vositalari mazkur kashfiyotni Buyuk Xitoy devori ilgari taxmin qilinganidan 300 yil oldin qurila boshlaganiga dalil deb baholamoqda. Biroq mutaxassislar bu fikrga mutlaqo qo‘shilmaydi. Quddusdagi Yahudiylar universitetining Osiyo tadqiqotlari bo‘yicha professori Gideon Shelax-Lavining tushuntirishicha, topilgan istehkomlar Buyuk Xitoy devorining bir qismi emas, balki alohida obektdir. U Xitoy hududi ko‘plab mustaqil davlatlarga bo‘lingan davrda qurilgan: bu davlatlar doimiy ravishda o‘zaro urushlar olib borgan.
Shunday mudofaa inshootlaridan biri Buyuk Tsi devori (yoki Uzun devor) hisoblanadi. U Shandun provinsiyasi orqali g‘arbdan sharqqa, Pinin okrugidan Tinch okeani qirg‘oqlarigacha cho‘ziladi. Ushbu obektning uzunligi 322 kilometrdan oshadi. Biroq yangi istehkom Tsi devorining bir qismi emas, chunki u ancha oldin, miloddan avvalgi 800 yilda qurilgan, Buyuk Tsi devori esa miloddan avvalgi 441 yilda qurilgan.
Yahudiy universiteti professori Yuriy Payns olimlarning yangi topilmasini “juda muhim” deb atadi va u Tsi davlatiga bostirib kirish uchun ishlatilgan strategik ahamiyatga ega tog‘ yo‘lagida joylashganini ta’kidladi. Ehtimol, u yerda doimiy askar garnizoni joylashgan, ular o‘tish joyini himoya qilish maqsadida ushbu devorni qurgan bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu mudofaa inshootlari Uzun devorning bir qismi bo‘lmagan, balki tor yo‘lak bilan chegaralangan mahalliy himoya chizig‘i vazifasini bajargan.
Buyuk Xitoy devori tarixi boy va rang-barang. Xitoyning birinchi imperatori Tsin Shixuan (miloddan avvalgi 221-210 yillar) davrida qurilishi boshlangan devor alohida davlatlar tomonidan qurilgan oldingi devorlarning bir qismini, shu jumladan, Tsi devorini o‘z ichiga olgan. Keyinchalik, Min sulolasi davrida (1368−1644) inshoot sezilarli darajada modernizatsiya qilindi va mustahkamlandi.
Yangi arxeologik kashfiyot Xitoyda murakkab mudofaa inshootlari tizimi mamlakat yagona imperiyaga birlashishidan ancha ilgari qurilganini yana bir bor tasdiqlaydi. Shubhasiz, qadimgi Xitoyda mustahkam devorlar barpo etish dushmanlardan himoyalanishning an’anaviy usuli bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi
O‘zbekiston | 20:03
-
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:58
-
Muhammadali O‘rinboyev «Antverpen» safiga o‘tdi
Sport | 19:58
-
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46
Mavzuga oid

18:50 / 25.06.2025
MDH ayrim davlatlari tarix darsligida Rossiyaga nisbatan salbiy munosabat bor – Rossiya ta’lim vaziri

09:41 / 18.04.2025
Noyob tarixiy boyliklarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025