Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qonunbuzilish holatlari fosh etildi.

Foto: Videodan kadr
Milliy gvardiyaning Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi Olmazor tumani bo‘limi otryad komandiri katta leytenant T.A. 1980 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali uning tanishini Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Ekobozor» savdo majmuasi avtoturargohida 5500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga qarashli sog‘lomlashtirish oromgohi rahbari podpolkovnik A.R. xizmat mavqeyidan foydalangan holda, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zining vakolatli tanishlari yordamida uni Milliy gvardiyaning Toshkent viloyatidagi qo‘riqlash bo‘linmalaridan biriga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

16:29 / 13.06.2025
Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi

09:17 / 13.06.2025
Eron havo hududi yopilishi tufayli ayrim reyslar Toshkentdagi aerodromga yo‘naltirildi

12:34 / 12.06.2025
Hukumat qarori: Propiskasi yo‘qlar Toshkentda taksichilik qilolmaydi

11:05 / 12.06.2025